19. DAVOLOVCHI TAGLIKLAR
Zamonaviy stomatologiyaning asosiy qoidalaridan biri tish to ‘qimalarini
ehtiyotkorlik bilan charxlash tamoyilidir. Chuqur kariyesni davolashda qan-
chalik ehtiyotkorlik bilan ishlashimizga qaramasdan, odontoblast o ‘simtalari
mexanik, fizik va kimyoviy ta’sirlarga uchraydi, bu esa pulpa to ‘qimasida
salbiy o ‘zgarishlar yuz berishiga olib keladi.Bunda pulpani qoplab turuvchi
dentin qatlamida pH ko‘rsatkichining pasayishi, mikroorganizmlar hayot
faoliyati natijasida ajraluvchi toksinlaming ta’sirini inkor etib b o ‘lmaydi.
Bu hollarda pulpaga farm akologik - s o g ‘lom lashtiruvchi ta ’sir qilish,
to'qimalar reparativ faolligini stimulyatsiya qilish kerak boMadi va bu masala-
lar davolovchi tagliklardan foydalanish orqali echiladi. Davolovchi tag-
liklar terapevtik va ximoya funksiyalarini bajaradi, o ‘z tarkibida bir necha
yo'nalishda ta’sir etuvchi faol moddalarni saqlaydi.
Davolovchi tagliklar uchun ishlatiladigan ashyolar quyidagi:
- tish pulpasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik;
- odontotrop, antimikrob va yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarga ega bo‘lishi;
- yopqich dentinning germetik yepilishini ta’minlay olish xususiyatlariga
ega bo‘lishi zarur.
Chuqur kariyesni davolashda odatda uzoq ta ’sir etuvchi odontotrop va
antiseptik xususiyatlarga ega b o lg an taglik q o ‘yish bilan chegaralaniladi.
Pulpada yallig‘lanishning oldini olish, ikkilamchi dentinning mineral-
lashuvini va hosil bo‘lishini stimulyatsiyalash uchun tarkibida Ca(OH)2 tutuvchi
davolovchi tagliklardan foydalaniladi (“Kalsogen Plus”, Dentsply; “Leder-
mix”, Lederle; “Zinoment”, Voco; “Pulpomixine”, “Calcipulpe”, Septodont;
“Dycal”, Dentsply; “Life”, Voco; “Reocap”, Vivadent). (4-jadval).
4-jadval
Hozirgi vaqtda ko‘p ishlatiladigan tarkibida Ca(OH)2
Do'stlaringiz bilan baham: |