Stomatologik asbob va ashyolar


tutuvchi davolovchi tagliklar


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

tutuvchi davolovchi tagliklar
Ashyo turi
Nomlanishi (ishlab chiqaruvchi firma)
Ca(OH)2 tutuvchi suvli suspenziya
Kalradent (VladMiVa) Salasept (Nordiska 
D e n ta l) C a lc iu m H y d ro x id e (S P A D / 
D entsply) C alcicu r (V oco) C alcipulpe 
(Septodont) Calcium Hydroxide (Septodont)
Ca(OH)2 asosidagi laklar
Contrasil (Septodont)
K im yoviy qotuvchi kalsiytsalitsilatli 
sementlar
Kalsesil (Vlad Mi VA) A lkaliner 
{3M 
ESPE) Dycal (De Trey/Dentsply) Life (Kerr) 
C a lc im o l (V o c o ) S e p to c a lc in e U ltra
(Septodont) Reocap (Vivadent)
Ca(OH)2 tutuvchi nur bilan qotuvchi
polimer ashyolar
Kalsesil LC (Vlad Mi VA) Esterfil Ca (Dias) 
Calcimol LC (Voco) Ultra-Blend (Ultradent)
Tarkibida Ca(OH)2 tutuvchi, pH - 9-13 gacha bo‘lgan tagliklar boshqa 
tagliklarga qaraganda ko‘proq ishlatiladi. Bu tagliklarning ishqoriy muxitlar 
ta’sirida pulpada qon aylanishi yaxshilanadi. Hozirgi kunda juda ko'plab kimyo­
viy va nur yordamida qotuvchi davolovchi tagliklar ishlab chiqarilayotgan 
bo Tib, ular asosan Rossiya va ko‘plab xorijiy mamlakatlardan keltirilmoqda. 
Yuqorida aytilgan ajratuvchi tagliklar asosan pasta-pasta sistemasini tashkil 
qiladi va bevosita qo‘yish oldidan aralashtiriladi. Bu tagliklarning ijobiy xususi­
yatlari dentin kanalchalari orqali pulpaga mikroorganizmlar kirishiga qarshi- 
lik qilishi, odontotrop ta’siri, shuningdek, dentin kanalchalaridan ajraluvchi 
suyuqlikning borligiga qaramasdan tez qotishlari hisoblanadi.
Biroq, bu ashyolarning mustahkamligi boshqa sementlarga nisbatan 10- 
15 marta pastdir, og4iz suyuqligi va so Так ta’sirida turg‘un emas. Bu mod- 
dalarning dentinga yaxshi yopishm asligini hisobga olib, ularni karioz 
bo‘shIiqning butun tubi bo‘ylab emas, balki pulpa shoxining proyeksiyasi(eng 
yaqin joylashgan eri)ga yoki pulpaning ochiq shoxi ustiga stomatologik 
zond uchidagi miqdorda q o ‘yish bilan cheklanish zarurdir. Bundan so‘ng esa 
mustahkam ajratuvchi taglik q o ‘yiladi va ko'rsatmalarga ko‘ra tanlangan 
plomba ashyosidan domiy plomba qo‘yiladi.
Yuqorida aytilgan uzoq ta’sir etuvchi davolovchi tagliklar bilan bir 
qatorda vaqtinchalik foydalaniluvchi davolovchi tagliklar ham mavjud. Pul­
pada yalligTanish jarayoni kuzatilganda (asosan boshlang‘ich yoki travmatik 
pulpit, pulpaning behosdan ochib q o ‘yilishida) vaqtinchalik davolovchi tag- 
liklardan foydalaniladi, keyinchalik ular uzoq ta’sir etuvchi tagliklarga al- 
mashtiriladi. Bu pastalaming tarkibiga bir necha gurux dori vositalari kiritil- 
ishi mumkin boTib, ular ko‘pincha vaziyatni hisobga olib, har bir bemor


uchun alohida ex tempore tayyorlanadi. B a’zi firmalar bunday pastalarni 
tayyor holda ishlab chiqaradi.
Kombinirlangan davolovchi pastalaming tarkibiga quyidagi dori vosi- 
talari guruhlari kirishi mumkin:
- odontotrop vositalar: Ca(OH)2, ftoridlar, kalsiy glitserofosfat, tabiiy va 
sun’iy gidroksiappatitlar, «Algipor», kollagen va boshqalar;
- yallig‘lanishga qarshi moddalar: glyukokortikoidlar (prednizolon, 
gidrokortizon), ba’zan nosteroid yallig‘Ianishga qarshi moddalar (salisilat- 
lar, endometatsin va boshqalar);
- antimikrob moddalar: xlorgeksidin, metronidazol, lizotsim, natriy gi­
poxlorid, etoniy pastasi (7 foiz etoniy sun’iy dentinda);
- qo'shimcha vositalar: gialorunidaza, EDTA, dimeksid (DMSO), ka­
olin, rux oksidi, lidokain, efir yog‘lari (chinnigul, oblepixa, shaftoli, evkalipt, 
vitaminlaming yog‘li eritmalari);
Kombinirlangan pastalar odatda qotmaydi, mustahkam emas, o ‘z faol­
ligini nisbatan tez yo‘qotadi. Ular zarur b o ig an hollarda keyinchalik uzoq 
ta’sir etuvchi, tarkibida Ca(OH)2 tutuvchi pastalar bilan almashtirish sharti 
bilan qoilaniladi.



Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling