Stomatologiya propedevtikasi


lll-rasm . Silikat sement vakillari


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

lll-rasm . Silikat sement vakillari


Siliko-fosfat sement
Bu plomba ashyosining kukuni 80% silikat va 20% fosfat sement 
kukunidan tashkil topgan. Suyuqligi tarkibi jihatidan silikat sement 
suyuqligiga yaqin.
Siliko-fosfat sem entlar yuqori kim yoviy chidam lilik va 
m exanik m u stah k am lik k a ega. S ilikat sem entga nisb atan 
yopishqoqligi yaxshi va pulpaga nojo‘ya ta’siri kamroq.
Plomba ashyosini qorish vaqtida kukunni suyuklikka oz-ozdan 
qo‘shish zarur, shunda suyuklik bilan yaxshi reaksiyagakirishadi. 
Qorilgan plomba ashyosi karioz kovakkabo‘lak-bo‘lak qilib, shtopfer 
bilan zichlashtirib qo‘yiladi. Plombani selluloid yoki metall parchasi 
(matritsa) bilan shakllantiriladi. Plomba kosmetik talablarga to‘liq 
javob bermagani uchun uni asosan chaynov tishlariga qo‘yish 
tavsiya etiladi (I va II sinf karioz kovaklarida). Ill va V sinf karioz 
kovaklarida esa nuqson vestibo‘lar yuzada joylashmagan hollarda 
ham ishlatish mumkin. 0 ‘rta va chuqur karioz kovaklarda siliko- 
fosfat sementlarni, albatta, ajratuvchi tagliklar bilan ishlatish zarur.
Bu guruh plomba ashyolariga quyidagilar kiradi: «Silidont», 
«Beladont», «Aristos», «Telluriy», «De-trey» (Buyuk Britaniya), 
«Infantid» (Chexiya) (113-rasm).
Б Е Л А Д О Н Т
СЙ^
1
ИКСИИУ'Ф
Д|-Н:Ы
«
5
И.НК>ЧНЫ
Й
m м т п о п м м в р
Цемент
Силидонт-2
112-rasm. Siliko-fosfat sement vakillari


Shishaionomer sementlar
1971 -yilga kelib sementlaming yangi avlodi kashf qilindi. Birinchi 
shishaionomer sement ASPA-IV A.D.Wilson, B.E.Kent tomonidan 
taklif etildi va AQSH ning DE-TREY kompaniyasi tomonidan ishlab 
chiqarila boshlandi. H ozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan 
shishaionomer sementlaming asosiy tarkiblarini kremniy dioksidi 
(S i0 2), aluminiy oksidi (A120 3 ) va kalsiy ftorid (CaF2) tashkil 
qiladi. Bariy shishasining q o ‘shilganligi plombaning rentgen 
kontrastligini ta’minlaydi. Tarkibidagi kvars miqdorining 40% dan 
ko‘pligi plombaning shaffofligini ta’minlash bilan bir qatorda, uning 
qotish vaqtini uzaytirib yuboradi. Aluminiy oksidi esa aksincha 
shaffoflikni kamaytirib, plombaga mustahkamlik beradi. Qotish 
vaqtini qisqartiradi, chidamlilikni oshiradi. Tarkibdagi kalsiy ftorid 
kariyesstatik xususiyatni kuchaytiradi. Ftor ionlarining shishaionomer 
sementlardagi tarkibi 20-25% ni tashkil etadi.
Suvli sistema (polikislQta va suv aralashmasi) ftor alumosilikat 
shishasi tutuvchi kukun va karbon kislotasi kopolimerining suvdagi 
eritmasidan iborat suyuqligidan tashkil topgan.
Suvsiz sistema (suvsiz kislotadan tuzilgan) - bu suv yordamida 
qotuvchi turli sementlarga kiradi. Bular distillangan suvga qoriladi.
Yarim suvli sistema oraliqdagi turi hisoblanadi. Bu xil sementlarda 
polikislota ham kukun, ham suyuqlik shaklida boiadi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling