Strategik boshqaruvning besh vazifasi
Gʻalaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon
Download 71.05 Kb.
|
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org
Gʻalaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon.
Agar strategiya kompaniyaning ahvoliga mos boʻlmasa, raqobat ustunligi yaratilmasa, ishni yaxshilashga yaramasa - bunday strategiya gʻolibona strategiya deyilmaydi. Gʻolibona strategiyaning 3 ta belgisi boʻladi: 1) moslik darajasi mezoni; 2) raqobat kurashida ustunlik mezoni; 3) ishning jadalligini oshirish mezoni; Moslik darajasi mezoni. Yaxshi strategiya uning imkoniyatlari va intilishlari, ichki va tashki omillar nuqtai nazaridan kompaniyadagi vaziyatga mos kelmas ekan, u shubhalidir. Raqobat kurashida ustunlik mezoni. Yaxshi strategiya raqobatda barqaror ustunlikka erishishga olib keladi. Strategiya yordamida raqobat kurashida kanchalik katta ustunlikka erishilsa, strategiya shunchalik kuchli va samarali boʻladi. Ishlarning jadalligini oshirish mezoni. Yaxshi strategiya kompaniya ishining intensivligini oshiradi. Ishlarni takomillashtirishning ikkita turi oʻta muhim boʻlib, ular quyidagilar: 1. Daromadlilikning oshishi. 2. Kompaniyaning uzoq kelajakdagi faolligi hamda raqobatbardoshliginingoshishi. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari. Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish boʻlib, tahlil 2 yoʻnalishda olib boriladi: 1- Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. 2- Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi. Tarmoqlar oʻzining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past boʻlishi mumkin. Har bir tarmoq uchun zarur boʻlgan kapital qoʻyilmalar hajmi ham har xil boʻladi. Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif boʻladi. Talab ham oʻsib boruvchi yoki kamayib boruvchi boʻladi. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qoʻllanilib, bu usullar tarmoqda boʻlayotgan oʻzgarishlar va raqobat kurashini baholash imkonini beradi Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos boʻlgan va kompaniyaning strategik yoʻnalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jihatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy eʼtibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Soʻngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik hatti-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy koʻrsatkichlar. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarni oʻrganishdan boshlanadi. Bu koʻrsatkichlar quyidagilardan iborat: 1. Bozor hajmi. 2. Raqobat miqyosi . 3. Bozorning oʻsish sur’atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi. 4. Raqobatchilar soni va ularning hajmi. 5. Haridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari. 6. Integratsiya qaerga qarab ketayapti? 7. Texnologik oʻzgarishlarning yoʻnalishi va sur’atlari. 8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi. 9. Raqobatchilarning mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi. 10. Kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi, transportirovka qilish , marketing va reklamani tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi. 11. Tarmoqdagi «oʻqitish / tajriba» egri chizigʻi ijobiy tendensiyaga egami? 12. Tarmoqqa zarur boʻlgan kapital sarmoyalar qoʻyilyaptimi? 13. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi? Ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha sohaning «portretini» tuzib, soʻng uni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy koʻrsatkichlarning strategik jihatdan muhimligiga doir maʼlumotlar keltirilgan. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi. HARVARD universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruhlagan: 1. Tarmoq ichida sotuvchilar oʻrtasidagi raqobat. 2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning oʻz tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi. 3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo boʻlishi. 4. Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning oʻz shartlarini oʻtkazishga urinishlari. 5. Xaridorlarni oʻz shartlarini oʻtkazishga urinishlari. Bu tahlil firma mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin boʻlgan qulay imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (6-rasm). U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu koʻrsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori boʻlsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam boʻlishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya oʻz strategiyasini oʻzgartirib, ushbu koʻrsatkichlarni uz foydasiga oʻzgartirishi mumkin. Download 71.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling