89. F.Kotler marketingni qanday turlarga bo‘lib ko‘rsatadi?
*a) anʼanaviy marketing, firmaning ichki marketingi va o‘zaro munosabatlar marketingi;
b) innovatsion marketing, ijtimoiy marketing, sensorli marketing va xolistik marketing;
s) xolistik marketing, klassik marketing, xalqaro marketing, xizmatlar marketingi, neyromarketing;
d) sanoat marketingi, munosabatlar marketingi, global marketing, logistik marketing va retromarketing
90. Firmaning ichki marketing strategiyasi nimaga yo‘naltirilgan?
a) korxona foydasini ko‘paytirishga, xarajatlarini kamaytirishga qaratilganligiga yo‘naltirish;
b) * xodimlarni marketing usullarini mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilganligiga yo‘naltirish;
s) xodimlarni mehnat unumdorligini oshirishga, korxona imijini mustahkamlashga qaratilganligiga yo‘naltirish;
d) xodimlarni bozor ulushini oshirishga qaratilganligiga yo‘naltirish
91. Narx strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
a) yuqori narx strategiyasini belgilash, foyda olishni rejalashtirish;
b) past va yuqori narx strategiyasini belgilash;
s) *narx belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora –tadbirlar;
d) o‘zgaruvchan narxni belgilash, narx diskriminatsiyasi
92. Tovar strategiyasida eliminatsiya deganda nimani tushunasiz?
a) takomillashtirilgan tovar ishlab chiqarishni davom ettirish;
b) yangi tovarlar ishlab chiqarishni to‘xtatish, eski tovarlarni ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash;
s) * mavjud tovarlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash, tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish;
d) mavjud tovarlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va raqobatbardosh tovarlarni, yangi tovarlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash
93. Funksional mutaxassis strategiyasining mazmuni nimadan iborat?
*a) firma bitta funksiyani bajarishga maxsuslashtiriladi, biroq barcha guruh isteʼmolchilariga xizmat qiladi;
b) firma bir necha funksiyani bajarishga yo‘naltiriladi, biroq bir nechta bo‘limlar mavjud bo‘ladi;
s) firma barcha bozor segmentiga xizmat qiladi, uchta bo‘lim faoliyat yuritadi;
d) bir necha funksiyani bajarishga maxsuslashtiriladi, bir necha segmentga xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |