94. I.Ansoff tomonidan taklif etilgan “tovar –bozor” strategik modelining afzalligi nimadan iborat?
a) ko‘plab omillarni hisobga olishi, mavjud tovar bilan cheklanganligi
b) bir tomonlama o‘sishga mo‘ljal olish, yangi tovarni takomillashtirilganligi;
s) ikkita muhim tavsifnoma bilan cheklanganligi, yangi tovarni bozorga kiritilganligi, mavjud tovardan voz kechganligi;
d) *foydalanishning oddiyligi, konʼyunkturani turli va qiyin omillarini oson tushuntirishligi;
95. Segmentlashda bozor bo‘shlig‘i deganda nimani tushunasiz?
*a) bu mazkur korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga ehtiyojni qondirish uchun hammasidan yaxshi mos keladigan isteʼmolchilar guruhi;
b) bu raqobatchilar band qilmagan isteʼmolchilar guruhi, chuqurda segmentlash;
s) bu ishlab chiqaruvchilar band qilmagan isteʼmolchilar guruhi, avvaldan segmentlash jarayoni;
d) bu mahsulot sotuvchilar band qilmagan isteʼmolchilar guruhi, bo‘sh qolgan isteʼmolchilar guruhi, yakuniy segmentlash jarayoni
96. Segmentlashda bozor oralig‘i deganda nimani tushunasiz?
a) talab yangi tovarlar bilan qondirilmaganligi, talabning o‘rganilmaganligi, bozor bo‘shlig‘i;
b) talab mavjud tovarlar bilan qondirilmaganligi, raqobat ustunligi;
s) *bu raqobatchilar band qilmagan isteʼmolchilar guruhi, talab mavjud tovarlar bilan yetarlicha qondirilmasligi;
d) bu ishlab chiqaruvchilar band qilmagan isteʼmolchilar guruhi, raqib o‘zlashtirgan segment
97. Segmentlashga qanday talablar qo‘yiladi?
a) isteʼmolchilar psixologiyasi, xulq –atvori, motivi, ijtimoiy–madaniy omillar, foyda omili hisobga olinadi;
b) *segmentlar orasida aniq farq bo‘lishi, har bir segmentga faqat bir xil tovar sotib oluvchilarni kiritish, isteʼmolchilar tovarlarini firma aniqlay olishi, har bir segmentni xarid qilish hajmi yetarli bo‘lishi va xarajatlarni qoplashi hisobga olinadi;
s) mijozlarni daromadi, joylashuvi, tovarga bo‘lgan munosabati, yangi tovar ishlab chiqarish holati, tovarning sifati, chidamligi, raqobatbardoshligi hisobga olinadi;
d) mijozlarni yoshi, jinsi, oilaviylik sikli, daromadi, xulq –atvori, ijtimoiy–demografiy omillari, isteʼmolchilarning tovarga bo‘lgan munosabati, isteʼmolchiga yo‘naltirilganligi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |