Savol: Bir dona lotoreya bileti sotib olganda, yutish extimolligi qanday bo'ladi?
MUSTAQIL TA'LIM UCHUN MATERIALLAR
mavzu
KEYS STADI
masala
Ko'chmas mulk savdosi bilan shug'ullanadigan kompaniya xar biriga bir qancha mikdorda pul to'lab ikkita kvartiraga ega bo'ldi. So'ng bu kvartiralar sotildi. Bir kvartiradan kompaniya 14 % daromad oldi, ikkinchisidan 11 % yo'qotdi. Ikkala kvartiraning sotuvidan so'ng kompaniya 515 ming sh.p.b. ga ega bo'ldi.
Savol: Har bir kvartiraning sotib olish va sotish bahosi qancha?
masala
Korxona menejeri o'zining ish vaqtini yarmisini kabinetida o'tkazdi. So'ngra korxonani ko'zdan kechirish uchun ketgan vaqtning yarmisi qolguncha korxonani ko'zdan kechirdi.
Savol: Menejer o'z ish vaqtining qancha qismini korxonani ko'zdan kechirish uchun sarfladi?
3 - masala
Giperinflyatsiya inflyatsiyadan nima bilan farq qiladi?
masala.
Besh yil oldin A kompaniyasi B kompaniyasiga qaraganda 6 marta ko'p foyda olardi. O'shandan buyon har ikkala kompaniyaning foydasi bir xil 100 ming sh.p.b. da o'sib bordi. Bu yil esa shu ma'lum bo'ldiki A kompaniyaning daromadi B kompaniyaning daromadiga nisbatan atigi 2 barobar ko'p ekan.
Savol: A va B kompaniyalarning 5 yil oldingi va bu yilgi daromadlarini aniqlang.
masala.
Qarzni indin o'tgan kuni bo'lganda, shuningdek yaqin dushanbagacha ancha bor, o'sha kuni bugun bo'lganda, indin ertaga bo'lgan kunda qaytarishga va'da beraman.
Savol: Va'da qaysi kuni berilgan? Qarz qaysi kun kaytariladi.
masala.
Opa-singil Anna, Bella va Veralar birgalikda anik bir aktsionerlik kapitaliga egalik qilar edilar. Annaning turmush o'rtog'i vafot etdi va ishga Annaning jiyani qo'shildi, Bellaning xam eri vafot etgach, ishni o'g'li bilan birgalikda olib bordi. Vera esa turmushga chiqib, erini ham ishga jalb etdi. Aktsionerlar daromadni barcha ishtirokchilar o'rtasida teng taqsimlashga kelishdilir. Birinchi yilning oxiriga kelib foyda miqdori 44 mln. sh.p.b. ni tashkil etdi. Soliq inspektsiyasiga ma'lum bo'ldiki, har bir aktsionerning ulushi bir butun millionni tashkil etar ekan.
Savol: har bir aktsioner qanchadan foydaga ega bo'lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |