Strategik rejalashtirish – kompaniyani boshqarish uchun yordam beradigan vosita hisoblanadi. Piter Lorenju ―Strategik rejalashtirishning vazifasi ishni tashkil etishda yangiliklarni qo‘llash‖ – deb tushuntiradi. Boshqacha aytganda, u strategik rejalashtirish jarayonini boshqarishda 4 asosiy faoliyatni ko‘rsatib o‘tadi:
Resurslarni taqsimlash.
Tashqi muhitga moslashish.
Ichki koordinatsiya (muvofiqlashtirish)
Tashkiliy strategik istiqbolni aniqlash.
Strategik rejalashtirish jarayoni Strategik rejalashtirishning muhim bosqichlari quyidagilardir: 1. Strategiyani shakllantirish; 2. Strategiyaga aniq shakl berish; 3. Baholash va nazorat. Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo'lib, tahlil 2 yo'nalishda olib boriladi:
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi.
Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi bozordagi raqobat kurashida ancha past baholar hisobiga yutuqqa erishishga yo‘naltirilgan.
Maxsus strategiya
Juda e’tiborli hollarni oldindan bashorat qilish maqsadida ishlab chiqiladi.
Funksional strategiyalar.
Bunda korxonaning ayrim bo’limlari va xizmatlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi. Bu ishchi strategiyadir.
Mujassamlashtirilgan stretegiyalar.
Bu korxonaning yaxlit faoliyatini o’zida jamlagan mo’ljaldir.
Diversifikatsiya.
Diversifikatsiya strategiyasi kompaniyaning o‘z biznesini kengaytirayotganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |