Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar.
Maqsadlarni qoʻyish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir boʻlinmasini kerakli tomonga yoʻnaltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning
rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning oʻsishini, bozorning oʻlchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obroʻsini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, iste’molchilarga xizmat koʻrsatishni, qiymat boʻyicha raqobatlasha olish qobiliyatini oʻz ichiga olishi mumkin. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil boʻladi: birinchidan, ular uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini koʻrsatadi,
ikkinchidan bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni uzoq muddatli istiqbolni hisobga olgan holda bugungi qarorlarni qabul qilishga undaydi. Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini koʻrsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan yoʻldan borish uchun kerak boʻlgan tezlikni ham, qilinishi kerak boʻlgan ishlarning
talab qilingan darajasini ham ko’rsatadilar.
Strategiyani ishlab chiqish.
Tashkilot strategiyasi - bu kompaniyaning turgan joyidan erishmoqchi boʻlganjoyiga qanday qilib oʻtkazish mumkin, degan masalani yechish haqidagi yoʻriqnomadir. Odatda strategiya 4 ta darajada ishlab chiqiladi:
1) korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha umumiy strategiya);
2) ishbop strategiya (kompaniyaning har bir yoʻnalishi uchun strategiya);
3) funksional strategiya (kompaniyaning har bir funksional tuzilmasi uchunstrategiya);
4) amaliy strategiya (asosiy tuzilmalar: zavodlar, savdo shaxobchalari vaboʻlimlar uchun);
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog‘onalari.
Strategiya faqat oliy rahbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi mumkin emas. Uni ishlab chiqishning quyidagi toʻrtta pogʻonasini ajratib olish maqsadgamuvofiqdir:
■ korporatsiya miqyosi,
■ boʻlinmalar miqyosi
■ funksional miqyosi
Do'stlaringiz bilan baham: |