Stress Reja


Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha


Download 277.69 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi277.69 Kb.
#1528569
1   2   3   4
Bog'liq
stresskkkkookkkkkk

Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha:

  • Inson shug‘ullanadigan faoliyatning turi, mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning tashkiliy qismi va ekstremal omillar, shuningdek, tashqi muhit insonning bor imkoniyatlaridan ortig‘ini talab qilishi. Masalan, xizmat faoliyatida talabning ko‘payishi ham kuchli stressor hisoblanadi.

Stress turlari

Natijasiga qarab psixologiyada quyidagi turdagi stresslar ajratiladi:

  • Eustresslar («foydali» stresslar). Muvaffaqiyatli yashash uchun har birimiz stressning biroz miqdoriga muhtojmiz. Bu bizning rivojlanishimizning asosiy omili. Bu holatni «uyg’onish reaktsiyasi» deb atash mumkin. Bu uyqudan uyg’onish kabidir. Ertalab ishlashga borish uchun avvalo yotoqdan turish va uyg’onishingiz kerak. Ish faolligiga erishish uchun sizga turtki — kichik dozada adrenalin kerak. Eustress aynan shu vazifalarni bajaradi.
  • Distresslar (zararli stresslar) keskin zo’riqishlarda yuzaga keladi. Stressning aynan shu turi barcha tushunadigan stressni ifodalaydi.

Stressning yuzaga kelishini ilmiy nuqtayi nazari

  • G. Selyening stress nazarisiga ko‘ra, dunyodagi jamiki biologik mavjudotlar muhim mexanizm – muvozanatni taʼminlovchi qurilmaga ega. Ichki va tashqi stressorlarning kuchli hamda davomiy taʼsirlari muvozanatning buzilishiga olib keladi. Organizm ushbu vaziyatda o‘zining yuqori darajadagi himoya – moslashuv reaksiyasini namoyon qiladi. Qo‘zg‘alish yordamida organizm tashqi taʼsirga moslashishga urinadi. Aynan shu taʼsir stress holati hisoblanadi. Taʼsir yo‘qolmasa, stress kuchayadi, rivojlanadi va organizmda bir qancha o‘zgarishlarga olib keladi. Xavotirlikning turg‘unligi hamda davomiyligi inson xatti-harakatida quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi:
  • ishtahaning buzilishi;
  • – uyqusizlik;
  • – xatti-harakatlardagi sustlik.

Bunday fiziologik buzilishlarning davomiyligi insonda stressni paydo qiladi. Organizm esa o‘zini himoyalashga, taʼsirni so‘ndirishga harakat qiladi. Ammo, maʼlumki, organizmning kuchi cheksiz emas va jiddiy stress vaziyati vujudga kelganda, inson buni ko‘tara olmaydi. Natijada turli xastaliklar paydo bo‘ladi, stress o‘ta kuchli bo‘lganda, o‘lim holati ham kuzatiladi.

  • Bunday fiziologik buzilishlarning davomiyligi insonda stressni paydo qiladi. Organizm esa o‘zini himoyalashga, taʼsirni so‘ndirishga harakat qiladi. Ammo, maʼlumki, organizmning kuchi cheksiz emas va jiddiy stress vaziyati vujudga kelganda, inson buni ko‘tara olmaydi. Natijada turli xastaliklar paydo bo‘ladi, stress o‘ta kuchli bo‘lganda, o‘lim holati ham kuzatiladi.

Download 277.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling