Stressni o‘rganishni tarixi va uning tarifi


Download 23.5 Kb.
Sana08.10.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1695483
Bog'liq
2 ekstremal


Stressni o‘rganishni tarixi va uning tarifi
Affektiv holatga yaqin turadigan lekin davomli boshdan kechiriladigan holat kuchli hayajonlanish stress holati (ingl. stress — zo‘riqish, jiddiylik, keskinlik) hisoblanadi. Stress og‘ir jismoniy va murakkab aqliy zo‘riqishlar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganda, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishdir. Stress tushunchasini psixologiya faniga olib kirgan kanadalik fiziolog G. Selye (1936) hisoblanadi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgaradi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshadi. Stressning kuchayishi teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qiladi. Lekin fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan ko‘rinmaydi. Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqat¬ni taqsimlashdagi sarosimalilikni diqqatning tashqi ifodasi desa bo‘ladi. Shaxs stress holatida telefon raqamlarini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil tormozlana- di, idrok ko‘lami torayadi.
Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilganda, kishi xafa bo‘lganda, uyalish, tahlika ostida qolib ketish kabi vaziyatlarda ro‘y beradi.
Odam stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning bo‘lmasligi o‘lim deganidir (G. Selye, 1956). Stress asli¬da «hayot» tushunchasi bilan bir xildir. Savol tug‘iladi: bordi- yu, odam hali tirik ekan, u stress holatida bo‘lsa, unda qanday qilib u xastalikga duchor bo‘ladi? G. Selye bu muammoni ochiq- oydin yoritib berdi. «Stress odam uchun xavf tug‘dirmaydi, aksincha, distress xavflidir, bunda odam ancha vaqt kuchli daraada zo‘riqqan bo‘ladi. Stressni ijobiy va salbiy turlarga ajratishdan hech qanday ma’no yo‘q, chunki fiziologik nuqtayi nazardan organizmning kuchli shodlikka va kuchli qayg‘uga javob reaksiyasi bir xil bo‘ladi.
«Stress xastaliklari» degan tushuncha noto‘g‘ri. «Distress kasalliklari» deyilsa, to‘g‘riroq hisoblanadi», — degan edi G. Selye. Stress haqidagi bilimlarning asoschisi Gans Sele unga shunday ta’rif bergan: “Stressdan qo’rqish kerak emas.Stressni boshqarish kerak. Boshqariladigan stress o’zida hayot mazmunini tashkil etadi.”
Stress ko’rinishiga qarab 2 ga bo’linadi:
1. Konstruktiv ( ko’pchilik orasida)
2. Destruktiv ( yakka shaxs o’zi bilan bog’liq)
Stresssorlarning( stressga olib keluvchi omil) xarakteriga va xususiyatiga qarab, stress fiziologik va psixologik turlarga bo’linadi.
Fiziologik stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq,qo’rquv,kasalliklar natijasida vujudga keladi.
Psixologik stress - odamning ruhiy holatiga voqealarning ta’siri tufayli sodir bo’ladigan stress. Psixologik stress: Informastion stress - insonda haddan tashqari axborotlarni ko’p qabul qilish ,inson oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishda bir qancha echimlar bo’lsa-da, ulardan qaysi birini tanlash, yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishda ikkilanadi.
Emostional stress - ta’qiq qilish,falokat,hayotiy o’zgarishlar , kundalik tashvishlarda ko’rinadi.
STRESS BOSQIChLARI:
1. Taranglikning kuchayishi (xavotirlik);
2. Stress holati (qarshilik ko’rsatish);
3. Ichki taranglikning susayishi (toliqish);
Taranglikning kuchayishi (xavotirlik bosqichi)
Bu bosqichda inson organizmi mobilizastiyas iboshlanadi .Nafas olish tezlashuvi, qon bosimi oshishi, psixik holatnin gqo’zg’alishi namoyon bo’ladi. Inson e’tibori to’liq qo’zg’atuvchiga yo’naltiriladi. Shu paytning o’zida inson o’z-o’zini, xatti-harakatlarini, xulqini, so’zlarin iboshqara olmay qolishi, kuzatiladi.
Organizm stressdan himoyalash mexanizmlarini ishga tushurishni boshlaydi. Bu bosqichda inson uzoq tura olmaydi, agar organizm bu bosqichni engib o’tsa, havotirlik bosqichi asta sekin so’na boshlaydi. Agar, aksincha bo’lsa, stressning keyingi bosqichi ishga tushadi
Qarshilik ko’rsatish bosqichi
Stressning ikkinchi bosqichida organizm rezerv kuchlarni safarbar qiladi. Organizmning barcha faoliyati katta kuch bilan ishlashni boshlaydi. Bu bosqichda vaziyat ikki hil yo’nalishda rivojlanishi mumkin: inson o’ta faollashib, o’zida yangi harakatlarga va g’oyalarga kuch topadi, organizm mobilizastiyasi namoyon bo’ladi yoki aksincha, organizm tormozlashib, passivlashadi, inson o’z-o’zini yo’qotib qo’yishi kuzatiladi.
Stress holatida inson xatti-harakatlari uning individual psixik xususiyatlariga bog’liq.
Toliqish bosqichi
Agar stressning avvalgi bosqichlari bo’lib o’tsa-yu, lekin organizmning moslashuvchanligi sust bo’lsa, stressning uchinchi bosqichi – toliqish yuzaga keladi.
Ushbu bosqich stress ta’siri uzoq bo’lganda kuzatiladi. Bu bosqichda organizm zahirasining so’nib borishi, zaiflashuvi kuzatiladi. Bunday jarayonlar kuchli depressiyaga yoki organizmning kasallanishiga zamin yaratadi.
STRESS OQIBATLARI
Psixoemostional zo’riqish (stress)yurakning ishemik kasalligi, qon bosimi oshishi, ateroskleroz, nevrozlar, oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi, o’sma shishlar, qandli diabet, tireotoksikoz va shunga o’xshash ko’plab kasalliklarga olib keladi. Chunki bunda asab tolalari doimo zo’riqadi, taranglashadi, oqibatda ruhiy va jismoniy quvvat taqsimotida buzilish ro’y beradi. Oilada, ishda va jamiyatda yuz berib turadigan ziddiyatli holatlar – salbiy emostional stresslar bu muvozanatni izdan chiqaradi.
STRESSDAN QUTULISH UCHUN
Stressga olib keluvchi omilga tog’ridan-tog’ri ta’sir o’tkazish: Stressli vaziyatning asl sababi nimada ekanligini aniqlang; Ushbu vaziyatni o’zgartira olishingizni baholang; Oqibatlarini baholang. Vaziyatga bo’lgan qarashingizni o’zgartirish: Vaziyatni o’zgartirish sizning qo’lingizdan kelish-kelmasligini baholang; Agar boshqalar hatti-harakatini o’zgartirib bo’lmasa, ularga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring. Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va soki nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak, chiqarishda esa sekin, og’iz orqali chiqarish kerak.
Stressda to’g’ri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va yaxshi hazm bo’lishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan keyin bir oz dam olish kerak. Stress bilan kurashishda xalq tabobati usullari bor. Moychechak yaxshi ta’sirga ega. Uning damlamasi bosh og’rig’i, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Samarali yordam beruvchi xususiyatga shuningdek, oregano o’ti va mavrak moyi ega. Charchoqqa qarshi ajoyib vosita melissadir. Bu zo’riqishni, tashvishlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi, hatto og’ir stressda ham yordam beradi. Melissadan tayyorlangan choy uyqusizlik va depressiya uchun yaxshidir.
Stressni oldini olish — erishilsa bo’ladigan maqsadlar qo’ying:
«Men ideal bo’lishim kerak», «Dunyo menga nisbatan doimo adolatli bo’lishi kerak» degan fikrlardan yiroq bo’ling; «Agar reja tuzib chiqsam, men hammasini uddalayman», «Men buni bosqichma-bosqich amalga oshiraman», «Agar uddasidan chiqa olmasam, barchasini boshqatdan boshlayman» degan fikrga yaqinroq bo’ling.
Donolardan biri “Agar sen vaziyatni o’zgartira olmasang, vaziyatga nibatan o’z munosabatingni o’zgartir”, deb ta’kidlagan ekan. Shunday ekan, atrofdagilarni shundayligicha qabul qiling, vaqti kelib ular haqiqatan ham o’zgarganining guvohi bo’lasiz.
Har birimizda paydo bo’layotgan fikr o’z-o’zidan shu fikrga doir emostional holatni uyg’otadi, bu holat esa shu holatga mos bo’lgan xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, har qanday ijobiy harakat -yuzdagi tabassum, bosh va elkani tik tutish kabilar miyada ham o’z-o’zidan shu harakatlarga mos keladigan fikrni uyg’otadi. Demak, odamda ruhiyat va kayfiyat, fikr va harakat o’zaro mutanosiblik kasb etgan.
Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling