Строение атома и атомного ядра


Download 0.68 Mb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#250896
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Atom tuzilishi, uning yadroviy modeli


Mavzu: Atom tuzilishi, uning yadroviy modeli. Yadroviy reaksiyalar. Bor postulatlari.

Reja:

REJA:
  • Tomson modeli.
  • Rezerford tajribasi.
  • Rezerford formulasi.
  • Atomning yadroviy planetar modeli.
  • Bor postuplatlari

Atom tuzilishi haqida birinchi «Planetar (nuklear) nazariya» 1888 yilda Rossiya olimi B.N.Chicherin tomonidan taklif qilingan bo’lib, bu haqda D.I.Mendeleev 1888 yilning 4 fevralida Rusiya fizika va kimyo jamiyati majlisida ma‘ruza qilgan. Lekin bu haqda xalqaro kimyo adabiyotida e‘lon qilinmagan. Keyinroq 1903 yilda Tomson planetar nazariyani inkor qilib o’zining nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga ko’ra atom – butun hajm o’zra bir tekis tarqalgan musbat zaryaddan iborat bo’lib, bu musbat zaryadni manfiy zaryadli elektronlar neytrallab turadi. 1911 yilda ingliz olimi Ernst Rezerford o’z tajribalari asosida Tomson nazariyasining puchligini isbot qildi va planetar nazariyani qaytadan tikladi. 1911 yilda E.Rezerford _- nurlarni metall (yupqa) plastinkadan o’tkazganda, ularning ko’p qismi metall plastinkadan bemalol o’tib, yo’nalishini o’zgartirmasligini, bir qismi (oz qismi) yo’nalishini o’zgartirishini kuzatdi. Juda kamdan – kam hollarda zarracha sachrab orqaga qaytdi. Shu tajriba asosida Rezerford atom tuzilishining nuklear (yadro) nazariyasini taklif qildi: atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida elektronlar harakatlanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling