Strreplsh I mavzu: Investitsiya funksiyasi va omillari


-chizma. Investitsiya funksiyasi grafiginingpasayuvchan ko'rinishi


Download 63.36 Kb.
bet4/13
Sana17.03.2023
Hajmi63.36 Kb.
#1279588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
inestitisiya

1-chizma. Investitsiya funksiyasi grafiginingpasayuvchan ko'rinishi.
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o‘rtasidagi
mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining
miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni
o‘zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz
stavkasining ko'tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo‘lgan talabning
qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi.
O‘z navbatida, investitsiya xarajatlarining qisqarishi, kelajakda milliy ishlab
chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki capital jamg'arish davrida pulni tez to‘plash uchun uning kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori, uni kapitallashtirish imkoni katta
bo'ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish
uchun rag'batlanatiradi. Bozor talablarlga binoan tejamli xo‘jalik yurita
bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o'zgarmagan sharoitda ham
zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag'i hisobidan
ta’minlash imkonini cheklab qo‘yadi.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati subyektlarining lnvestitsiyalami amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui Investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko‘rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo'lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik,
tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo‘ lgan xususiyatdir.
Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarish obyektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining subyektiaridan biri investor bo’lib, u o‘z mablag larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’ jami, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqiami, shuningdek, inteiiektual mulkka doir huquqlari investitsiya faoliyati obyektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o‘ziga xos faoliyat subyektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investoming buyurtmalarinl bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda
fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston
Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari
Investorlar buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi
bo'lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi
ham bo‘ lishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchllar (investorlar) quyidagi belgilari
bo‘yicha tasniflanadi.
1. Joriy faoliyatning yo'nalishlari bo'yicha institutsional va individual
investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va
boshqa sohalardagi aksiyadorlik Jamiyatlari namoyon bo'lsalar, individual
investorlar rolida fuqarolar namoyon bo‘ ladilar.
2. Investitsiyalash maqsadlari bo‘yicha strategik va bevosita investorlar.
Ular o‘z oldilariga kompaniyalami boshqarish huquqini olishni maqsad qilib
qo'yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketini sotib
olish yoki ulaming ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga
oshiradilar.
3. Rezidentlikka tegishliligi bo‘yicha investorlar milliy va xorijiy
investorlarga ajratiladi.




  1. Download 63.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling