Struktural metod
Download 13.76 Kb.
|
Struktural metod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik tahlil metodi.
- Avtomatik tahlil metodi.
- Glottoxronlogiya metodi
- Substitutsiya metodi
- Oppozitsiya metodi
Struktural metod Masalan, Talaba kitob oldi gapining transformatsion shakllari (talaba olgan kitob, talabala tomonidan olingan kitob, kitob olgan talaba, talabaning kitobi) nutqiy variantlaridan iborat bo‘lib, transformatsion tahlil metodi asos - yadro gap (talaba kitob oldi)dan transformatsiyalashgan sintaktik modellarni, ya’ni transformatsiyalanish qoidalari, mexanizmini o‘rganadi. Transformatsion tahlil metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash, uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib, hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi. Statistik tahlil metodi. Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda qo‘llanadi. Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi, o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi. Avtomatik tahlil metodi. Ushbu metod davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy tahlil metodlaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xosligi elektron-hisoblash mashinalari (EHM), kompyuterlar yordamida tilni muayyan, bo‘laklar, lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmuni boshqa tilga ko‘chiriladi, ya’ni kompyuter vositasida avtomatik tarjima qilinadi. Buning uchun avval matnni tarjima qilish imkoniyatini beradigan qoidalar tizimi yaratiladi, so‘ngra mazkur qoidalarni mashina tilida yozish, ya’ni mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun dastur yaratiladi. Dastur va lug‘at maxsus shartli belgilar bilan yoziladi va mashinaga kiritiladi. Glottoxronlogiya metodi - til doimo o'sishda, rivojlanishda bo’lgan dinamik hodisadir. Ana shunday o‘zgarishlar davrlar o‘tishi bilan yig‘ilib, miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Lingvistik vositalar yordamida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot davrlarini belgilash lingvostatistik yoki glotoxronologik metod asosida amalga oshiriladi. Bu metod Amerikalik olim Moris Svodesh tomonidan qoilangan. U biologiya fanlaridagi radiouglerod yordamida yoshni belgilash metodini tishunoslikka olib kirdi. Substitutsiya metodi almashtirish usuliga asoslanadi. Nutqdagi ma’lum bir o‘rinda turgan til birliklari boshqa muqobili bilan almashtirilib, hosil bo‘lgan uslubiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu metod yordamida sinonim, antonim, omonim so‘zlaming lug‘aviy ma’no tizimida tutgan o‘mi belgilanadi. Oppozitsiya metodi - qarama-qarshi qo‘yish, zidlash metodi tildagi birliklaming paradigmatik tasnifi uchun qo‘llanadi. Tildagi barcha birliklar bir-biriga qarama-qarshi boiib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birikmalari, turli grammatik konstruksiyalarni va gaplami farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli - a: b: d: kabi). Download 13.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling