<> <>
STTB bosh muhandisining STTB bosh muhandisi
MM,XT, va HX bo’yicha movuni ___________A.X.Pardaev
_______________ Sh.T. Axmedov 2023-yil <<____>>_________
2023-yil <<____>>___________
STTB ichki qo’riqlash xizmati xodimlari uchun
Elektr xavfsizligi bo’yicha bilimlarni tekshirish savol va javoblari
1. Elektr tokining umumiy tushunchasi
Elektr toki – bu zaryadlangan zarrachalarning tarmoq bo’ylab tartibli xarakati. Tok o’lchov birligi – Amper (A). Elektr toki – elektr uskuna va elekrt qurilmalarni elktr quvvati bilan ta’minlaydi.
Inson hayoti uchun xavfli tok -0.05 A, o’limga olib keladigan tok – 0.1 A.
Turli xil energiyalarni elektr energiyaga aylantiruvchi qurilma va mexanizmlar elektr tokining manbai hisoblanadi.
2. Elektr toki nimasi bilan xavfli?
Elektr toki o’zining ko’rinmasligi, tamsizligi, xidsizligi va tovushsizligi bilan xavfli.
3. Tok kuchi va kuchlanishning qanday qiymati inson uchun
xavfli va o’limga olib keladi?
Inson xayoti uchun xavfli tok -0.05 A , o’limga olib keladigan tok – 0.1 A.
O’zgaruvchan tokda inson xayoti uchun xavfli kuchlanish – 42 V dan yuqori
O’zgarmas tokda inson xayoti uchun xavfli kuchlanish – 110 V dan yuqori
4. Elekrt qurilma nima?
Elektr qurilma – bu elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki o’zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki istemol qilish uchun mo’ljallangan inshoatlarning o’zaro bog’langan uskunlar va inshoatlar majmuasi.
5. Qanday elektr qurilma ishlab turgan elektr qurilma hisoblanadi?
Kuchlanish ostidagi yoki hohlagan vaqtda yoqish moslamalarini yoqish orqali kuchlanish berishi mumkin bo’lgan elektr qurilma yoki uning uchastkasi, ishlab turgan elektr qurilma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |