Sttb bosh muhandisining sttb bosh muhandisi mm,XT, va hx bo’yicha movuni A. X. Pardaev
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddalari qo’riqlash (qorovul) xodimlarini javobgarlikka tortadi?
Download 33.27 Kb.
|
Dunyoviy bilimlarni tekshirish
8.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddalari qo’riqlash (qorovul) xodimlarini javobgarlikka tortadi?
167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish. 169-modda. O‘g‘rilik O‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish 170-modda. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari bo‘lmasa 173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, — O‘sha harakatlar: a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida; b) atrofdagilar uchun xavfli usulda; v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa 259-modda. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa 291-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa 292-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa 139-modda. Tuhmat Tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa 140-modda. Haqorat qilish Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish Davlat sirlarini oshkor qilish yoki o‘zgaga berish, ya’ni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan ma’lumotlarning, bu ma’lumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor bo‘lgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari bo‘lmasa, — O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 171-modda. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish Mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganini bila turib, uni oldindan va’da qilmagan holda olish yoki o‘tkazish 172-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish Shaxsning mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari bo‘lmasa. Download 33.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling