Stte va bt nazariy asoslari Sport tadbirlarini tashkil etishda ijodiy va ish hujjatlari
Download 16.63 Kb.
|
STTE va BT
STTE va BT nazariy asoslari Mavzu:Sport tadbirlarini tashkil etishda ijodiy va ish hujjatlari.Bajardi: Ablokulov SardorbekTekshirdi: Oripov OzodbekReja:
‼️E’lon! Hurmatli universitet talabalari! Joriy yilning 24 oktabr kuni “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o'rtasida “Shaxmat” sport turidan "Universitet birinchiligi" sport musobaqasi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan universitetning barcha talabalarini shaxmat musobaqasiga taklif qilib qolamiz. Musobaqa g‘oliblari universitet tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Musobaqada ishtirok etishni xohlagan talabalar 23-oktabr kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bosh hakam: Jumanov Elbek Mamatqul o‘g‘li Vaqti va o’tkazish joyi: soat 10:00 da A bino 302 va 304-xonalar. Masʼul: “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi (308-xona) Murojaat uchun telefon: +99 894 167 67 07, +99 890 941 63 33. https://t.me/uzdjtsu_rasmiy E'lon! “Shaxmat” sport turidan "Universitet birinchiligi" sport musobaqasi tashkil etiladi Sport maydonlarida erishiladigan yutuqlar – avvalo shu yo‘lda tinimsiz intilib, kurashib yashaydigan insonning muvaffaqiyati, ayni vaqtda shu insonni tarbiyalab voyaga yetkazgan jamiyatning ham yutug‘idir. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi muayyan talablarga mos keluvchi jismonan yetuk yoshlar va o‘rta yosh vakillarini viloyatlarning markaziy stadionlarida bo‘lib o‘tadigan ko‘rik-tanlov (kasting)da ishtirok etishga taklif qiladi. Agarda siz: - jismonan rivojlangan va baqquvat yigit - qizlar qatoridan bo‘lsangiz; - bo‘yingiz 190 santimetr va undan yuqori bo‘lsa; - sport bilan shug‘ullanishingizga qarshi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa; - o‘z oldingizda yuqori maqsad qo‘ya olsangiz; - maqsadingizga bosqichma-bosqich, qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan yetishib natijaga erishish qobiliyatingiz bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok etishingiz mumkin. Yengil atletika bo‘yicha ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha xohlovchilarga xalqaro nufuzli sport musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari ro‘yxatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ro‘yxatini belgilovchi hujjat bu - sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi hisobalanadi. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga asosan tasdiqlangan. Ushbu Nizom, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtiruvchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida sport, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish va ularda qatnashishni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi barcha maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim, shuningdek, sog‘lomlashtirish markazlari, ijodiyot saroylari va boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarning har yilgi kalendar yili oxirida umumiy tadbir rejasiga sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kiritiladi. Bunda ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbaini aniq ko‘rsatish hamda talab etiladigan mablag‘ni ham smetaga kiritish muhim hisoblanadi. Birlamchi yig‘ilishlarda rahbarlar, pedagog- trenerlar tomonidan tadbir kuni, o‘tkazilishi joyi, mas’ul ijrochilar va tadbir smetasi muhokamaga qo‘yilib, tasdiqlanadi. Sport tadbirini tashkil etadigan rahbar va har bir mas’ul xodim birinchi navbatda asosiy faoliyat turini aniqlab olishi, ulaming mantiqiy jihatdan muhimligi va ketma-ketlik darajasini belgilab olishi kerak: ushbu sport tadbiri darajasini aniqlab olishi (qaysi muhim tadbirga aloqador bo‘ladi); Nizomning asosiy bo‘limlarini tuzib chiqish; Tashkiliy qo‘mita vakillari va miqdorini hamda ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligini aniqlab olish; Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishlar jadvalini rejalashtirish va ularning aniq vazifalarini belgilab olish; Tashkiliy qo‘mita vakillarini, tashkilot va bo‘lim vakillari chaqirgan holda birinchi yig‘ilishini o‘tkazish; Nizom va xarajatlar miqdorini belgilash, tadbir tashkilotchi rahbarlari bilan ularni tasdiqlash. Nizom sport, sog‘lomlashtirish va ko‘rik tanlov dasturi asosi hisoblanadi. Nizom tashkilotlarga kamida bir yarim va ikki oy oldin yuboriladi. Nizomning bo‘limlari Maqsad va vazifalari. Nima maqsadda va qaysi kontingent uchun tadbir tashkil etilayotlanligiga aniqlik kiritish kerak. Masalan: Maqsad: bolalar va o‘smirlarni sog‘lom turmush tarzi va sportga jalb qilish. Vazifalari: bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini keng targ‘ib qilish; maktab o‘quvchilari sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni tizimli ravishda jismoniy madaniyat va sport darslariga jalb qilish; eng kuchli musobaqa ishtirokchilari va guruhlarini aniqlash. Joyi va vaqti. Qayerda va qachon bo‘lish vaqti aniq ko‘rsatiladi: manzil, yo‘nalish, transport, bekat; o‘tkazish muddati. Tashkilot va rahbariyat. Kim tadbirni o‘tkazishi va rahbar, bosh hakam, bosh kotib etib saylanishi oldindan belgilanadi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha instruktor, metodist va o‘qituvchi musobaqa ishtirokchilari tayyorgarligi va ko‘rgazmali chiqishlarini yo‘lga qo‘yadi. Nizomning ushbu bo‘limida o‘qituvchilar, hakamlar va mandat komissiyasi yig‘ilish vaqtlari va kunlari ko‘rsatiladi va ular musobaqa ishtirokchilarining hujjatlari va arizalarini yaxshilab tekshiradi. Ishtirokchilar va ishtirok etish shartlari. Har bir musobaqada yoshi, jinsi, ishtirokchilar soni aniq ko‘rsatiladi. Dastur musobaqa turi xarakteristikasiga, musobaqa sharti musobaqa turi talab yo‘riqnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.. Arizalarni taqdim etish tartibi va muddati. Musobaqada ishtirok etish uchun rasmiy arizalar dastur turiga ko‘ra ilova qilingan shaklda va shifokor imzosi bilan tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi . Ariza manzili va muddati ko‘rsatiladi. Ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash. Ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida musobaqalar faqatgina davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilingan sport maydonlari va sport maydonlarini tayyorgarlik tekshiruv texnik dalolatnomasi mavjud bo‘lgan holda amalga oshiriladi: Musobaqalarni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot. Sovrin fondi, medali, dimlom (faxriy yorliq), qimmatbaho sovg‘alar hamda qurilmalar va inventarlar uchun mablag‘ ajratgan tashkilot va korxonalar ko‘rsatilib o‘tiladi. Rag‘batlantirish. Yakun yasash va rag‘batlantirish – tarbiyaning muhim jihati sanaladi. Shuning uchun kimni va qanday rag‘batlantirish muhim masala hisoblanadi. Har bir musobaqa turidan so‘ng yoki yopilish marosimidan so‘ng sovg‘alar beriladi. Musobaqa jarayonini tashkil etish uchun ishchi va birlashtiruvchi protokol (bayonnoma)lar qayd etilishini aniq yo‘lga qo‘yish zarur. To‘g‘ri va samarali tashkil etilgan kotibiyat va rag‘batlantiruvchi bo‘lim ishlari, musobaqa natijalarini o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazish, ma’lumotlarni musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlarni o‘z vaqtida taqdim etish imkoniyatini beradi. Musobaqaning har bir ishtirokchisi musobaqa nizomi bilan tanishib chiqishi kerak, bu ularga asosiy qoidalarni, sport kiyimi va boshqa talablarni, ichki tartib qoidalarni, sport bino va inshootlari hamda maydonlardagi tartib qoidalarni bilish imkoniyatini beradi. Musobaqadan oldin yoki musobaqa davomida vujudga keladigan baxsli vaziyatlar vakillar, trenerlar, hakamlar yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, hal etiladi. Boks bo‘yicha 2019 yilda o‘tkazilgan respublika musobaqalari to‘g‘risidagi Nizom namuna tarzida ilova etiladi. Har bir sport turi bo‘yicha Nizom tegishli sport turi bo‘yicha Federasiyasi rahbariyat bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan tasdiqlanadi NAMUNA O‘zbekiston Boks federasiyasining 2019 yilgi respublika musobaqalari to‘g‘risidagi nizomi: Boks bo‘yicha 2019 yilda o‘tkaziladigan respublika musobaqalari to‘g‘risidagi N I Z O M MAQSADI VA VAZIFALARI Boks bo‘yicha Respublika musobaqalari quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish; boksni ommaviylashtirish va uni yanada rivojlantirish; Respublika bokschilarining sport mahorati darajasini oshirish; mamlakatning hududlari va sport tashkilotlarida turli yosh guruhdagi bokschilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash; O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish maqsadida kuchli bokschilarni aniqlash; murabbiy va hakamlarning malakasini oshirish; o‘tkaziladigan musobaqalar natijalarini tahlil qilish. MUSOBAQALARGA RAHBARLIK QILISH Musobaqalarni o‘tkazishga umumiy rahbarlik: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yakkama-yakka kurash bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda O‘zbekiston boks Federasiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Musobaqalarni o‘tkazish bevosita O‘zbekiston boks Federasiyasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’atiga yuklatiladi MUSOBAQANING O‘TKAZILISHI Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi Xalqaro havaskor boks Assosiasiyasining (AIBA) qoidalari asosida o‘tkaziladi. Respublika musobaqalar MUSOBAQA ISHTIROKCHILARI Musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat etiladi: 1999-2001 yilda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida “Olimpiya umidlari” respublika musobaqasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, va viloyatlar terma jamoalariga ruxsat etiladi. MUSOBAQALARGA QO‘YISH Musobaqalarga AIBA qoidalari asosida: Sport pasporti, sug‘urta varaqasiga ega bo‘lgan, jismoniy tarbiya davolash dispanseri tomonidan, shuningdek musobaqaga O‘zbekiston boks Federasiyasining hududiy bo‘limlari va jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan talabnomaning ro‘yxat tarkibiga kirgan sportchilar qo‘yiladi. Hududiy Federasiyalar tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat tarkibiga kirgan hakamlar qo‘yiladi. Respublika musobaqalariga tashkilotlarning jamoalarini qo‘yilishi: 2003-2004 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasidagi hududlar birichiligida 2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan, tayyorgarligi 1 razryaddan past bo‘lmagan sportchilar qo‘yiladi: Musobaqada ishtirok etish uchun sportchilar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga, turar joyi va o‘qish joyidan ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart; MUSOBAQALARNING HAKAMLIGI Musobaqalarning o‘tkazilishi O‘zbekiston boks federasiyasi taqdim qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan musobaqaning bosh hakami zimmasiga yuklatiladi. Musobaqalarning hakamlar hay’atining soni 2-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan. MUSOBAQALARNING MOLIYALASHTIRISH SHARTLARI Musobaqalar o‘tkazilishining moliyalashtirish shartlari: Musobaqalarning ishtirokchilarining yo‘l-kira, ovqatlanish va yotoqxona xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi. Musobaqalar hakamlari yo‘l-kira, ovqatlanish va yotoqxona xarajatlari, shifokor hamda hamshiraning ovqatlanish xarajatlari, shuningdek musobaqalarning o‘tkazilishi uchun ijara to‘lovi hamda musobaqalarda kerakli kanselyariya mollari xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qoplanadi. musobaqalarda xizmat qiluvchi xodimlaming-(komendant 1 kishi, kompyuterchi 2 kishi, aloqachi 1 kishi va ishchilar 4 kishi) ovqatlanish xarajatlari O‘zbekiston boks Federasiyasi tomonidan qoplanadi. Musobaqalar o‘tkazilishining O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan moliyalashtirish shartlariga vazirlik qarorlariga binoan qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Musobaqalar o‘tkazilishi O‘zbekiston boks Federasiyasi, tashkilotlar va homiylarning mablag‘lariga moliyalashtirilishi mumkin. Mintaqaviy musobaqa moliyalashtirish shartlari: Musobaqalarning ishtirokchilarining yo‘l xaqi va yotoqxona xarajatlari joylardagi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan qoplanadi. Musobaqalarning ishtirokchilarining ovqatlanish xarajatlari Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tomonidan qoplanadi. Musobaqalar hakamlari yo‘l-kira, ovqatlanish va yotoqxona xarajatlari O‘zbekiston boks Federasiyasi tomonidan qoplanadi. Musobaqalarni o‘tkazishda 1, 2 va 3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar va shifokor hamda hamshiraning ovqatlanish xarajatlari, shuningdek musobaqalarning o‘tkazilishi uchun ijara to‘lovi hamda musobaqalarda kerakli kanselyariya mollari Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tomonidan qoplanadi. MUKOFOTLASH Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirlig i tomonidan tegishli I, II va ikkita III darajali medallar va diplomlar hamda musobaqa g‘oliblari (1-o‘rinlar) qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlanadilar. Musobaqalarda jyuri hay’atining qarori bilan eng yaxshi sport texnikasiga ega bo‘lgan va g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan sportchilar faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan O‘zbekiston boks Federasiyasi tomonidan taqdirlanadilar. Download 16.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling