Student: Jo‘raboyeva Moxlaroyim Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix
Download 22.68 Kb.
|
Moxlaroyim
Student: Jo‘raboyeva Moxlaroyim Group: Filologiya Ingliz tili 23_07 Subject: TarixMavzu:O‘zbekistonni xalqaro reytinglardagi kõrsatkichlarini kõtarishning tarixiy va siyosiy ahamiyatiReja:
Bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti va barcha sohalarda kechayotgan globallashuv, sifat va tarkibiy o‘zgarishlar xalqaro hamkorlik va xalq diplomatiyasini yangi bosqichga ko‘tarishga, har bir suveren mamlakatni ushbu holatlarga yangi nigoh bilan qarashga, ular bilan birga olg‘a qadam tashlashga undamoqda. Ma’lumki, har bir davlatning jahon miqyosida tutgan mavqei xalqaro reyting va ko‘rsatkichlardagi o‘rni bilan belgilanadi. Chunki, xalqaro reyting va indekslar har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish jarayoni, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun qulay shartsharoitning mavjudligi, raqobatbardoshlik va barqaror iqtisodiy o‘sish kabi muhim jihatlarni o‘zida yaqqol namoyon qila oladigan “ko‘zgu”dir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqaro reyting va ko‘rsatkichlarda o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lish va mavqeini yanada rivojlantirish maqsadida faol tashqi siyosat olib borishni boshlagan. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish orqali jahonda yuqori reytinglarga ega bo‘lish davomida tizimda uchragan ba’zi kamchiliklar tufayli mamlakatimizda bir muddat tashqi aloqalar sezilarli darajada sustlashib qoldi. Bu esa, albatta, xalqaro indekslardagi o‘rnimizga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.Biroq, 2016-yilning so‘nggi choragida prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev bu holatni chuqur anglagan xolda turli sohalar qatori tashqi siyosat tizimini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va uning faoliyatini kuchaytirish, mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligini yanada mustahkamlash, davlat tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish ustuvor vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va bu borada mas’ul davlat organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish’’ to‘g’risidagi farmoni imzolandi. Bu qaror asosida Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi. Bundan tashqari 2020-yil 2-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” gi farmoni mamlakatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib hizmat qildi.Download 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling