Study of some medicinal plants in uzbekistan
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISSN: 2278-6236 Management and Social Sciences Impact Factor: 7.624
Silliq shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) sistematik o‘rniga ko‘ra Fabaceae Lindl -
burchoqdoshlar oilasi Glycyrrhiza L. turkumiga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Silliq shirinmiya tipik freatofit bo‘lib, u tabiatda yer osti suvlari yaqin, kam sho’rlangan tuproqli yerlarda ko‘proq uchraydi. Uning ildizlari yer qatlamiga 5-7 metr kirib borganligi sababli International Journal of Advanced Research in ISSN: 2278-6236 Management and Social Sciences Impact Factor: 7.624 Vol. 11 | No. 7 |July 2022 www.garph.co.uk IJARMSS | 45 ancha chuqurda joylashgan yer osti suvlaridan ham foydalanadi. Silliq shirinmiya polimorf o‘simlik bo‘lib, ekologik yashash sharoitiga qarab turli ko‘rinishda bo‘ladi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, Kavkaz, Volga va Don, Dnepr daryolari xavzalarida o‘suvchi Glycyrrhiza glabra L. ning 30 ga yaqin formalari tabiiy, hamda ma’daniy sharoitda o‘rganilib, ularning morfologik belgilari turli ekologik sharoitlarida saqlanib qolish xususiyatlariga ega ekanligi aniqlangan. Arabchada «sus», ruschada «solodka» deb, ko‘p yerlarda uni chuchukmiya ham deb atashadi. Mahalliy xalqlarning ko‘pchiligi uni qizilmiya deyishadi. Chuchukmiya (qizilmiya, shirinmiya)-burchoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘simlikdir. Poyasi tik o’suvchi, bo’yi 50-200 sm, shoxlangan yoki shoxlanmagan bo’lib, tuklar bilan qoplangan. O‘simlikning ildiz sistemasi taraqqiy etgan bo‘lib, 5-6 m chuqurlikkacha boradi. Gullari ikki jinsli, sariq, mayda barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan bo‘lib, yarim soyabon gulto‘plamini tashkil qiladi. Mevasi 3-7 urug‘li, pishganda ochilmaydigan dukkak. Urug‘i qattiq, mayda, silliq, moshrang, aprelning oxiridan iyungacha gullaydi, mevasi avgust-sentyabda pishadi. Chuchukmiya asosan Yevropa, Osiyoda tarqalgan, Kavkazda, O‘rta Osiyoda tabiiy holda uchratish mumkin. Chuchukmiya o’lkamizning Amudaryo va Sirdaryo to’qaylarida katta maydonlarni egallagan. Shuningdek, daryo yoqalarida, ariq va zovur bo’ylarida, sho‘r va qumli yerlarda, tog‘ yonbag‘irlarida, goho ekinzor orasida ham uchraydi. Turkumning nomi Glycyrrhiza – grek so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “glykys” - shirin “rhiza” ildiz degan ma’noni beradi. Olimlardan Pliniy i selms o‘simlikni radix dulcis-shirin ildiz deb nomlagan. Lotin tilida “glabra” (glaber, bra, brum) - silliq, ma’nosini bildiradi. Glycyrrhiza glabra L. o‘simligini XVIII asrda Karl Linney binar nomenklatura bo‘yicha nomlagan. Silliq shirinmiya ildizi 6-8 metrgacha yetishi mumkin. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling