Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish; odil sudlovga erishish darajasini oshirish
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash
Download 16.82 Kb.
|
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud referat 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 yildan 7 oyga
- Xabeas korpus”
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish; odil sudlovga erishish darajasini oshirish. Mazkur ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari etib: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash; fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari yuzasidan barcha zarur choralar�i ko‘rish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik; tegishli axborotni o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish; huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonun buzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilg‘or ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish, kadrlar tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, kadrlarni tanlashning eng munosib nomzodlarni ishga qabul qilishni ta’minlaydigan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish belgilandi.
Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi. Kiritilayotgan bu o‘zgartishlar xalqaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning ilg‘or tajribasiga to‘liq mos keladi. Shu bilan birga, Farmon bilan 2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odi� sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda. Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda. Ya’ni jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta’sir choralaridan biri chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir choralarining ilg‘or shakl va uslublarini keng qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi. Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida: jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga; qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda. Ushbu choralarning joriy etilishi, bir tomondan, fuqarolarning erkinligini asossiz cheklash holatlaridan himoya qilinishini, ikkinchi tomondan, surishtiruv va tergov organlarining mas’uliyati va faoliyati samaradorligi oshishini ta’minlaydi. “Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlari sudlarga o‘tkazilmoqda. Bu o‘zgartishlar insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Ko�stitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga to‘la mos keladi. Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo‘llash imkoniyati berilmoqda. Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, sudlarning jinoyat protsessidagi rolini oshirishga qaratilgan yangilik sifatida sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish institutining bekor qilinayotganligini alohida ta’kidlash joiz. Download 16.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling