Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish


Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish


Download 40.86 Kb.
bet8/8
Sana28.01.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1136250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- stminar

Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish

Harakatlar strategiyasining 2.5-bandi aynan sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash masalalariga bag`ishlangan bo`lib, unda, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar ishini sa­marali rejalashtirish va uning natijalarini taxlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish kerakligi ko`rsatilib, bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi qonun buzilishi holatlarini fosh etish va choralar qurishdangina iborat bo`lmay, balki mazkur holatlarning barvaqt oldi olinishi, profilaktika qilinishini ta’minlash hisoblanishini e’tiborga olgan holda, ular­ning faoliyatini tashkil etish uslublarini tubdan o`zgartirish taklif qilinmoqda.
Bunda eng asosiy va birlamchi maqsad sifatida aynan sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatiga bo`lgan talabni kuchaytirish, ularning faoliyatini bevosita xalq manfaatlari yo`liga qaratish, ular tomonidan xalqning ishonchini qozonishini ta’minlash, bunga esa, birinchi navbatda, ushbu organlarning o`z ichida tartib-intizomni mustahkamlash, faqatgina shunday lavozimlarga munosib, xalol va adolatli insonlarning ishlashini ta’minlash belgilab qo`yilgan.
Ko`rsatilgan maqsadlarga erishishdagi asosiy qadam sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrda qabul qilingan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-4850-son Farmoni muhim ahamiyatga ega bo`lib, ushbu farmon bilan mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berildi.
Qayd etish lozimki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida bir qator ustuvor yo`nalishlar aniq ko`rsatib o`tilgan. Jumladan, farmonga muvofiq quyidagilar sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida belgilab berilgan:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko`rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o`z vaqtida xal etish, murojaatlarni ko`rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo`lish holatlariga yo`l qo`yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan ja- vobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklash bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rish;
faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati insti- tutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo`llash;
faoliyatni ish yakunlarining kompleks taxlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni, avvalo, huquqni qo`llash amaliyoti va amaldagi qonun xujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;
xodimlar o`rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo`yish bo`yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-ahloq qoidalariga og`ishmay rioya etilishini ta’minlash;
Yuksak ahloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo`lgan qadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillash­tirish;
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa barcha normativ-huquqiy xujjatlarida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash va insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy maqsad qilib qo`yilgan. Buning uchun mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar - davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko`maklashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash yaqqol misoldir. Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etishda yuridik xizmat muhim rol o`ynaydi.
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, normativ-huquqiy xujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaxshilash, yuridik xizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori qabul qilindi va mazkur qaror bilan «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organ­larining yuridik xizmati to`g`risida»gi va «Xo`jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati to`g`risida»gi nizomlar tasdiqlandi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007yil 22 noyabrdagi 244-son qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo`jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotla­rining yuridik xizmatlari xodimlarini besh yilda bir marta attestatsiyadan o`tkazish va ularning malakasini oshirish mustahkamlab qo`yildi.
Yuridik xizmatga yordam ko`rsatish maqsadida ko`plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, bu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi «Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida» 149-son qarorining qabul qilinishi bu sohada muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo`jalik ishlarini ko`rib chiqishda advokatning o`rnini oshirish.
O`zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Advokatura to`g`risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida»gi qonunlari, shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy xujjatlar bilan tartibga solinadi.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida advokatura instituti takomillashtirilishi nazarda tutilgan.
Notariat va FXDYO organlari tizimini isloh qilish. Mamlakatimizda notarial faoliyat O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik va Oila kodekslari, 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Notariat to`g`risida»gi qonun va boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi «O`zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to`g`risida»gi Farmoni bu sohadagi islohotlarning yangi davrini boshlab berdi. Ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligining qator buyruqlari qabul qilindi va notariat sohasiga oid deyarli barcha normativ xujjatlarga o`zgartishlar kiritildi.
Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling