Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
Download 40.86 Kb.
|
4- stminar
Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo`jalik qonunchiligini takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquq buzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va libe- rallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish. «Harakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo`jalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bo`lib, unda ushbu qonun xujjatlariga bir qator o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, jinoyat va jinoyat- protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Mazkur vazifa doirasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaf- fofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish holati, zamo- naviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha 2018-2021 yillarga mo`ljallangan konsepsiya» loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda: birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o`rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazoning muqobil turlarini qo`llash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali ahloqiy-tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan muqobil jazo turini kiritish belgilangan. Ushbu o`zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko`plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan holda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengroq qo`llash imkonini beradi; Download 40.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling