Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish


Download 40.86 Kb.
bet3/8
Sana28.01.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1136250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- stminar

Birinchidan, aholi bilan ochiq muloqotni yo`lga qo`yishning yangi, samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish maqsadida 2017 yilning II choragidayoq «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga qator o`zgartish va qo`shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Ikkinchidan, 2017 yilning I choragida barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Hozirda ularning aksariyati virtual qabulxonalar tashkil etib, allaqachon o`z faoliyatini boshlab yuborgan.
Uchinchidan, har bir davlat va xo`jalik boshqaruvi organida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha alohida bo`lim (bo`linma, guruh) tashkil etish va davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxs­larning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
To`rtinchidan, murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko`tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, ko`rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarga rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo`yicha tahlillar olib borish maqsadida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari mas’ul ijrochilar va sohalar bo`yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori»ni ish­lab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro`yxatga olish tizimi bo`yicha yagona elektron dasturni tadbiq etish ko`zda tutilgan.
Beshinchidan, aholiga huquqiy masalalar bo`yicha tushuntirish ishlari olib borishni faollashtirish, huquqiy maslahatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ`ib qilish maqsadida davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o`z soha faoliyatining yo`nalishlari bo`yicha «Onlayn maslahat» ruknini tashkil etish belgilangan.

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling