Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
321-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish
(321-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart. (321-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga o‘n kunlik muddat ichida murojaat qiladi. (321-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga ko‘ra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning so‘ralayotgan muddati ko‘rsatilishi kerak. Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘pi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin. Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda davlat ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini ko‘rsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi. Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin. (33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling