Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish


Download 147.61 Kb.
bet26/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

35-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin:
1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
2) qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lganda;
3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
4) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
5) ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin:
1) davlat ijrochisi ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish to‘g‘risidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;
2) qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirilayotganda;
3) davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi iltimos qilganda.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari ularga bo‘ysunuvchi davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur bo‘lgan hollarda, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga haqli.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling