Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet36/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

432-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan majburiy ijro etish choralari
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish;
2) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin emas.
(31-bob O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISh ASOSI VA ChORALARI
44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro etish choralari to‘g‘ri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinganda qo‘llaniladi, bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno.
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling