Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash asosi
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 46-modda. Majburiy ijro etish choralari
- 5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISh 47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi
45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash asosi
Oldingi tahrirga qarang. Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning o‘tganligi majburiy ijro etish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. (45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 46-modda. Majburiy ijro etish choralari Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi: Oldingi tahrirga qarang. 1) undiruvni qarzdorning pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish; 2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish; (46-moddaning birinchi-ikkinchi bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Oldingi tahrirga qarang. 21) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan mablag‘larga qaratish; 22) undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish; (46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan 21 va 22-bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) 3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish; 4) ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qo‘yish va undiruvchiga topshirish; 5) ijro hujjatining ijro etilishini ta’minlovchi qonunlarga muvofiq ko‘riladigan boshqa choralar. 5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISh 47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir. Ijro hujjatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning so‘mdagi va chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablag‘lariga hamda o‘zga qimmatliklariga qaratiladi. Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan so‘mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari darhol olib qo‘yilishi lozim. Olib qo‘yilgan so‘mdagi naqd pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lari va o‘zga qimmatliklari to‘g‘risida axborot bo‘lganda, ular xatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha so‘mdagi naqd puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi so‘mdagi mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki o‘zga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi. Davlat ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin bo‘lgan hisobvarag‘i mavjudligi to‘g‘risida axborot bo‘lmaganda, davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash to‘g‘risida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma so‘rov yuboradi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisining yozma so‘rovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma’lum qiladi. (47-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni o‘zi ko‘rsatishga haqli. Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining xarajatlar qismini qarz to‘liq uzilguniga qadar qonunchilikda belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablag‘larini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq bo‘yicha xatlangan pul mablag‘lari miqdorini ma’lum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, ushbu Qonunning 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno. (47-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablag‘lariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lariga undiruv ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va hajmda qaratiladi. Oldingi tahrirga qarang. Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega bo‘lgan hollarda undiruv uning qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi. (47-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling