Sud-huquq tizimidagi islohot sudlarning mustaqilligi va xolisligini
Download 212.31 Kb. Pdf ko'rish
|
SUD-HUQUQ TIZIMIDAGI ISLOHOT Sudlarning mustaqilligi va xolisligini mustahkamlashga qaratilgan
/ SUD-HUQUQ TIZIMIDAGI ISLOHOT Sudlarning mustaqilligi va xolisligini mustahkamlashga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining Jenevada bo'lib o'tayotgan 44- sessiyasi doirasida 2020 yil 13 iyul` kuni BMT Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Diego Garsiya- Sayanning 2019 yili O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashri yakunlariga doir ma'ruzasini ko'rib chiqishga bag'ishlangan videokonferentsiya o'tkazildi. "Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida O'zbekistonda davlat institutlari va siyosatni isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo'yicha keng qamrovli dastur ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda odil sudlov tizimida amalga oshirilayotgan islohot ana shu dasturning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi". Ushbu krlarni BMT Maxsus ma'ruzachisi D.Garsiya-Sayan BMT Inson huquqlari kengashi 44-sessiyasi minbaridan turib aytdi. Maxsus ma'ruzachi instituti nima? BMT maxsus ma'ruzachisining O'zbekistonga tashri yakunlariga doir ma'ruzasi haqida so'z borganda, avvalambor, D. Garsiya-Sayanning mandatiga, ya'ni uning lavozimi bilan bog'liq vakolatlariga e'tibor qaratish o'rinlidir. Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachi instituti BMT Inson huquqlari bo'yicha komissiyasi (hozirgi – BMT Inson huquqlari kengashi) 1994 yilda qabul qilgan rezolyutsiya asosida ta'sis etilgan. O'tgan 25 yil davomida Maxsus ma'ruzachilar qariyb 40 ta mamlakatga tashrif buyurishgan. Maxsus ma'ruzachi – inson huquqlari bo'yicha muayyan mamlakatdagi vaziyat yoki aniq bir mavzuni o'rganish va bu haqda ma'ruzalar taqdim etish uchun BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi tomonidan tayinlanadigan mustaqil ekspertdir. Bugungi kunda BMT tizimida inson huquqlarining turli sohalariga ixtisoslashgan 44 nafar maxsus ma'ruzachi mavjud. Maxsus ma'ruzachi faxriy lavozim hisoblanadi. Ya'ni, u BMT xodimlari sirasiga kirmaydi va unga ish haqi to'lanmaydi. Maxsus ma'ruzachi faoliyatining xolisligi va beg'arazligini ta'minlashda bu omil muhim ahamiyat kasb etadi. D.Garsiya-Sayan asli Lotin Amerikasi mintaqasidagi Peru mamlakatida tug'ilib-o'sgan taniqli yurist, malakali sud`ya va mohir diplomatdir. U BMT Inson huquqlari kengashining Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi lavozimiga 2016 yili dekabr` oyida tayinlangan va keyingi chorak asr ichida shu lavozimda ishlayotgan beshinchi ekspert hisoblanadi. Tashrif tarixiga nazar BMT Inson huquqlari kengashining sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi 2019 yil 19-25 sentyabr` kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lgandi. D.Garsiya- Sayan mamlakatimizdagi davlat hokimiyati organlarining barcha birinchi rahbarlari bilan uchrashib, yuzma-yuz muloqotda bo'lgani mazkur tashrifning asosiy xususiyatlaridan biridir. Maslahat telefoni Izlash O'zbekcha Ayniqsa, u O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qabulida bo'lganida mamlakatda 2016 yildan buyon izchil amalga oshirilayotgan noyob islohotlar dasturi haqida atro icha krlashish imkoniga ega bo'lganidan mamnunligini izhor qildi. Davlatimiz rahbarining yetakchilik salohiyatini, milliy va xalqaro darajadagi tashabbuslari, xususan, sud-huquq tizimida amalga oshirayotgan islohotlarini e'tirof etishini bildirdi. Ma'lumki, o'tgan uch-to'rt yil davomida hayotimizning barcha sohalari qatori sud-huquq tizimida ham shiddatli islohotlar amalga oshirildi. Keyingi davrda O'zbekiston sud-huquq tizimiga xalqaro standartlarni joriy qilish orqali sud`ya va advokatlarning mustaqilligini ta'minlash Harakatlar strategiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Bu borada muayyan natijalarga erishilgani xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etilmoqda. D.Garsiya- Sayanning ta'kidlashicha, ana shu tub yangilanishlarning mohiyati, jumladan, sud`yalarning mustaqil qaror qabul qilishiga xalal beradigan siyosiy ta'sirlarni kamaytirishga qaratilganida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Mo''tabar mehmon o'z tashri davomida mamlakatimiz sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlar mustaqilligini ta'minlash, odil sudlov tamoyillarini qaror toptirish borasida O'zbekistonda qisqa fursatda erishilgan bir qator ijobiy o'zgarishlarga e'tibor qaratdi. BMT Maxsus ma'ruzachisi bir hafta davomida mamlakatimizdagi davlat tashkilotlari, vazirlik va muassasalar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari faollari, sud`yalar, prokurorlar, advokatlar, talaba- yoshlar bilan qariyb 40 ta uchrashuv o'tkazdi. Shunday qilib, nufuzli xalqaro tashkilot martabali ekspertining bugungi ma'ruzasi rasmiy tashrif davomida birlamchi va ishonchli manbalardan olingan ma'lumotlar asosida tayyorlanganini ta'kidlash lozim. Islohotlarimizning xalqaro e'tiro BMT Maxsus ma'ruzachisi Inson huquqlari kengashi sessiyasida davlatimiz rahbari tashabbusi va bevosita rahbarligida mamlakat odil sudlov tizimida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarga xolis baho berdi. D.Garsiya-Sayanning ma'ruzasida bugungi kunda O'zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va huquqshunoslarning o'z kasbiy faoliyatini yanada erkin bajarishini ta'minlash borasida bir qator amaliy natijalarga erishilgani ijobiy baholandi. Bu o'rinda sud tizimi qayta tuzilgani, xususan, Sud`yalar oliy kengashi tashkil etilgani haqida so'z bormoqda. Bundan tashqari, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlashning yangi tartib- taomillari joriy etilgani hamda sud`yalar almashtirilmasligi kafolatlarini mustahkamlash bo'yicha amaliy choralar ko'rilganiga alohida e'tibor qaratildi. BMT Maxsus ma'ruzachisi ushbu amaliy chora-tadbirlarni tom ma'noda mustaqil va xolis odil sudlov tizimini barpo etish yo'lidagi dastlabki ijobiy qadamlar deya qayd etdi. Biz, shuningdek D.Garsiya-Sayanning "Sud hokimiyati davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlaridan haqiqatan ham mustaqil bo'lishiga erishish hamda sud`yalar, prokurorlar va advokatlar o'z kasbiy faoliyatini hech qanday asossiz aralashuvlar va bosimlarsiz amalga oshirishlarini ta'minlash uchun hali juda ko'p ishlar qilish kerak" degan nuqtai nazarini qo'llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, biz uning "Sud tizimi islohoti sudlarning mustaqilligi va xolisligini mustahkamlashga yo'naltirilishi zarur" degan kriga ham to'la qo'shilamiz. Maxsus ma'ruzachi tavsiyalarining ahamiyati D.Garsiya-Sayan ma'ruzasi yakunida O'zbekistonda sud`yalar va prokurorlar mustaqilligini yanada mustahkamlash hamda huquqshunoslar o'z kasbiy faoliyatini erkin amalga oshirishlarini ta'minlashga qaratilgan bir qator tavsiyalar ham berdi. Jamiyatimiz ham, jahon jamoatchiligi ham bir masalada yakdil hamda hamjihat, deb o'ylayman. Ya'ni, mamlakat sud tizimining tom ma'noda mustaqilligi va odil sudlov erkinligini ta'minlash sohasida O'zbekiston Prezidenti boshlab bergan demokratik islohotlarning qaytmasligini ta'minlash zarur. Bu, o'z navbatida, mazkur sohada yangi, yanada muhim vazifalarni bajarishni taqozo etadi. BMT Maxsus ma'ruzachisi ayni shu haqda kr yuritar ekan, mamlakatimiz sud-huquq tizimini takomillashtirish istiqbollariga oid: birinchidan, sud hokimiyatining tom ma'nodagi mustaqilligini ta'minlash; ikkinchidan, advokatlarning maqomi va mustaqilligini mustahkamlash; uchinchidan, barchaning odil sudlov imkoniyatlari va malakali yuridik yordamdan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga doir muhim amaliy taklif hamda tavsiyalarini taqdim etdi. Shuni ham e'tirof etish kerakki, nufuzli xalqaro tashkilotning katta vakolatlarga ega mo''tabar vakilining mamlakatimizga tarixiy tashri biz uchun, ta'bir joiz bo'lsa, kompas vazifasini o'tadi. Ya'ni, biz sud- huquq tizimida to'g'ri va asosli yo'nalishda – xalqaro standartlar hamda ilg'or xorijiy tajribaga mos holda izchil islohotlarni amalga oshirayotganimizni tekshirib, aniqlab, bunga yana bir bor amin bo'lib oldik. Shu ma'noda, D.Garsiya-Sayanning malakali tavsiyalari shiddatli islohotlarimizni ham huquqiy, ham amaliy jihatdan xalqaro andozalarga to'liq uyg'unlashtirib borishimizda ulkan ahamiyat kasb etadi. Bu tavsiyalar o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra O'zbekistonda izchillik bilan amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasiga har tomonlama uyg'un va mutanosibdir. Odil sudlov sifatini oshirish - davr talabi BMT Maxsus ma'ruzachisi o'z tavsiyalariga O'zbekistonda amal qilinayotganini Inson huquqlari kengashi minbarida turib, shaxsan e'tirof etdi. D.Garsiya-Sayan tavsiyalarining aksariyati mamlakatimiz tomonidan o'tgan qisqa davrda bajarilgan bo'lsa, qolgan qismi ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, bu borada erishilgan natijalar xususida muxtasar to'xtalish maqsadga muvo qdir. Aslida ham, O'zbekiston BMT Maxsus ma'ruzachisining tavsiyalarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat bermoqda. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash va odil sudlov sifatini oshirish masalalari davlat rahbarining 3 ta ma'ruzasida alohida ta'kidlangani buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu o'rinda Prezidentimizning Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlab 2019 yil dekabrida o'tkazilgan tantanali marosimdagi ma'ruzasi, 2020 yil yanvarida Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasi va joriy yil 30 iyunda sud`yalar korpusi bilan uchrashuvda so'zlagan nutqi ko'zda tutilmoqda. Barqaror rivojlanish sohasida 2030 yilgacha davrga belgilangan Kun tartibining 16-sonli Maqsadiga erishish doirasida keyingi uch yilda O'zbekiston Prezidenti tomonidan sud tizimining ustuvor masalalariga taalluqli 20 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar imzolandi. Harakatlar strategiyasini 2020 yil – “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturida qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish sohasida bir qancha qonunlar loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan. Yangi tahrirda "Sudlar to'g'risida"gi qonun qabul qilinishi, sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari shular jumlasidandir. Ayni vaqtda beshta yangi Kodeks, ya'ni Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya, Fuqarolik va Ma'muriy javobgarlik kodekslarini tayyorlash bo'yicha izchil ish olib borilmoqda. Eng muhimi, sud tizimini ilg'or tajribalar va xalqaro standartlar asosida, "Bir sud - bir instantsiya" printsipi bo'yicha takomillashtirishga qaratilgan yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat Mamlakatimizda BMT shartnomaviy qo'mitalari va ustav organlari, birinchi navbatda, Inson huquqlari kengashi tavsiyalari va qarorlarini ko'rib chiqish bo'yicha davlat organlarining hamkorlikdagi faoliyati tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi. Ammo, sud`yalar, umuman, yuristlarning xalqaro huquq sohasi bo'yicha bilimi pastligi eng katta muammolardan ekanini afsus bilan tan olishga majburmiz. Shu ma'noda, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz Ombudsman va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birga "Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat" maxsus o'quv modulini ishlab chiqdi. Sud`yalar oliy maktabida esa "Inson huquqlari va xalqaro huquq" kafedrasini ochishga hozirlik ko'rilmoqda. Zero, inson huquqlarini o'qitish bu – nafaqat xalqaro majburiyatlarni bajarish, balki demokratik, insonparvar va xalqparvar sud-huquq tizimini rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir. O'zbekistonda yuridik ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha barcha zarur choralar ko'rilmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 29 aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmonida, jumladan, advokatura uchun kadrlar tayyorlashni rivojlantirish yo'nalishi belgilab berilgan. Shu asosda Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida huquqshunoslik fakul`tetlari ochildi. Mamlakatimizda BMTning Inson huquqlari sohasida ta'lim va malaka to'g'risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakatlar dasturi ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda bu Dastur izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi doimiy ravishda sudyalar, prokurorlar va advokatlar bilan odil sudlov sohasidagi xalqaro standartlarni milliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari bo'yicha turli tadbirlar - seminar va treninglar, uchrashuv va munozaralar o'tkazib kelmoqda. Ayni paytda "Konstitutsiyaviy sud to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri tayyorlandi. Unda Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Biznes-ombudsman va Bolalar ombudsmanining mazkur sudga murojaat qilish huquqiga egaligi nazarda tutilmoqda. Fuqarolarning konstitutsiyaviy shikoyat qilish instituti ham tatbiq etilmoqda. Milliy strategiya - BMT sessiyasining rasmiy hujjati maqomida Prezidentimizning 2020 yil 22 iyundagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi tasdiqlangani mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning va inson huquqlarini himoya qilish institutsional mexanizmlarini yaratishning muhim bosqichi hisoblanadi. Yaqinda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi ma'lumotlar BMTning oltita tilida nashr etilgani va Bosh Assambleyaning 74-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatilgani bejiz emas. Milliy strategiya Vena deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, unda BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasi, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi hamda xalqaro ekspertlar tavsiyalari hisobga olingan. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida, jumladan, quyidagi chora- tadbirlar ko'zda tutilgan: sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida umume'tirof etilgan printsiplar hamda xalqaro huquq va O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan xalqaro shartnomalar normalarining keng qo'llanishini ta'minlaydigan samarali mexanizm yaratish; «Xabeas korpus» institutini yanada takomillashtirish orqali sudlarning mustaqilligi va xolisligini hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida sud hokimiyatining rolini tubdan oshirish maqsadida sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish; sud jarayonlarida tenglik va tortishuv printsiplarini tatbiq etish, advokaturani huquqni himoya qiluvchi mustaqil va ishonchli institutga aylantirish, professional yuridik yordam sifati va advokat kasbi nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasiga ixtisoslashgan yuristlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; prokuratura organlari faoliyatini xalqaro standartlar talablariga muvo qlashtirish, prokuratura organlarining faoliyati shaffo igini va jamiyat oldida hisobdorligini ta'minlash, prokuratura boshqaruv tizimida kollegial organlar rolini kuchaytirish. Advokatura – odil sudlovning ajralmas qismi BMT Maxsus ma'ruzachisi tavsiyalari orasida O'zbekistonda advokatlar sonini oshirishga doir taklif ham bor. D.Garsiya-Sayanning kricha, bu borada zarur huquqiy-tashkiliy ishlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, yosh huquqshunoslarni ushbu kasbga qiziqtirish uchun targ'ibot ishlarini kuchaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'tgan davrda yurtimizda advokatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashdagi vakolatlari kengaytirildi. Jumladan, advokatlarga nizolarni sudgacha hal etish va tomonlarni yarashtirish yuzasidan amaliy choralar ko'rish, shuningdek hakamlik sud`yalari sifatida ish olib borish huquqi berildi. Advokatlik faoliyatini boshlashi uchun yosh mutaxassislardan 2 yil yuridik staj talab etish bekor qilinib, talabalikdan advokat yordamchisi sifatida amaliyot o'tash tartibi joriy etilmoqda. Yuridik oliy o'quv yurtlarida “advokatlik faoliyati” mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash yo'lga qo'yilmoqda. Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimi ishga tushirilayapti. Bundan tashqari, o'ta og'ir jinoyatda ayblanayotgan shaxslarning ishi bo'yicha, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash masalasi ko'rib chiqilayotgan holatlarda ham advokat ishtirokining majburiyligi belgilab qo'yiladi. Advokatlik faoliyati jozibadorligini oshirish, bu kasb egalarining himoyasi va kafolatini kuchaytirish bo'yicha qonun hujjatlari paketi ishlab chiqilib, keng muhokama uchun e'lon qilinadi. Bu o'rinda avvalo "Advokatura institutini rivojlantirish kontseptsiyasi"ning loyihasi tayyorlanganiga e'tibor qaratish darkor. Ushbu loyihada advokatlarning huquqiy maqomini xalqaro standartlarga muvo q takomillashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Yangi, "Advokatura va advokatlik faoliyati to'g'risida"gi hamda "Bepul yuridik yordam to'g'risida"gi qonunlar qabul qilinishi ham rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda BMT Maxsus ma'ruzachisi tavsiyalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakat rejasi ("Yo'l xaritasi") loyihasi tayyorlanmoqda. Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladigan inson huquqlariga doir xalqaro majburiyatlarga amal qilish bo'yicha Parlament komissiyasi mazkur tavsiyalar ijrosi ustidan parlament monitoringini amalga oshiradi. Akmal Saidov, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori ("Kuch - adolatda" gazetasining 2020 yil 17 iyul soni) © 2022 – Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. Materiallardan foydalanishda saytga havola qilish talab qilinadi. Ushbu sayt BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida ishlab chiqilgan. Sayt yaratuvchisi: Download 212.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling