Суд психологик экспертизаси
Download 46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sud-psixologik ekspertizasining huquqiy asoslari.
- Ekspertiza turlari va ularning imkoniyatlari.
Sud - psixologik ekspertizasi Reja:
Sud-psixologik ekspertizasining huquqiy asoslari. Ekspertiza turlari va ularning imkoniyatlari. Sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari. Psixolog-ekspertning kasbiy fazilatlari. Sud-psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish. Sud-psixologik ekspertizasining huquqiy asoslari. Jinoyatni ochishda sud ekspertizalarining ahamiyati katta. Jumladan, sud - psixologik ekspertizasi ham jinoyatlarni ochishga, jinoyatchining ruhiyotini aniqlashga, adolatli jazo tayinlashda katta yordam beradi. Sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: O‘limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash maqsadida; Gumondor yoki ayblanuvchilarning jinoiy ish qo‘zg‘atilgan paytda o‘z xatti - harakatlari uchun javob bera olish - olmasligi yoki idora qila olish - olmasligiga, shuningdek, eng asosiysi ruhiy sog‘lomligiga shubha tug‘ilganida, ularning psixik holatlarini aniqlash maqsadida; Guvoh yoki jabrlanuvchining ishga aloqador shart - sharoitlarini to‘g‘ri idrok qilish hamda ko‘rgazma berish qobiliyatlariga shubha tug‘ilgan kezlarda ularning ruhiy va jismoniy sog‘lomligini aniqlash uchun; Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan, lekin tegishli hujjatlar bo‘lmagan hollarda ayblanuvchi, gumondor va jabrlanuvchining necha yoshga kirganini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazilishi shart bo‘lib hisoblanadi. Qonunda ekspertizalarni tegishli mutaxassislar – shifokor, psixolog, psixiatrlarni taklif qilib o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Ko‘pchilik hollarda ekspertiza o‘tkazish zarurati tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi. Ekspertiza turlari va ularning imkoniyatlari. Ekspertizaning quyidagi turlari farqlanadi: Sud - tibbiy ekspertizasi; Sud - psixiatriya ekspertizasi; Sud - psixologiya ekspertizasi; Kompleks ekspertizalar. Sud - tibbiy ekspertizasi jinoyatning barcha turlarida o‘tkaziladi. Jumladan, baxtsiz hodisalar, ehtiyotsizlik oqibatidan kelib chiqadigan jinoyatlar, tasodifiy yoki qasdddan amalga oshiriladigan jinoyatlar kelib chiqqada sud - tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi. Sud - tibbiy ekspertizasi orqali jabrlanuvchining olgan tan jarohatlari, ularning darajasi, kelib chiqadigan oqibatlari aniqlanadi. Sud - psixiatriya ekspertizasi ham barcha turdagi jinoyatlar kelib chiqqanda o‘tkaziladi. Bunday ekspertiza orqali jinoyatchi, jabrlanuvchilarning jismoniy sog‘lomligi, aqliy jihatdan aqli rasoligi, ko‘rgazma berish uchun o‘z xatti - harakatlarini idora qila olish-qilmasligi, sud zalida o‘zini to‘g‘ri tuta olishi, savollarga to‘g‘ri, adolatli javob bera olishi yoki olmasligi aniqlanadi. Odatda sud - psixiatriya ekspertizasi sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan avval olib boriladi va gumondor, jinoyatchi shaxsiga hatti - harakatlariga javob bera olishi yoki olmasligi to‘g‘risida xulosa beriladi. Sud - psixologik ekspertizasi tergov jarayonida jinoyatchining jinoiy hatti - harakatlari aniq bo‘lmagan hollarda, shuningdek, balog‘at yoshidagi o‘smirlar jinoyatga qo‘l urgan paytlarida, kattalarning balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan majburlash, nomusiga tegish, o‘z joniga qasd qilish hollarida o‘tkaziladi. Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan asosiy maqsad jinoyatchining psixologik xususiyatlarini, jinoiy hatti - harakatlar qilayotgan paytidagi uning ruhiy holatlari, jumladan, affekt (kuchli qo‘zg‘alish, shuuriy holati), stress holati (kuchli hayajonlanish), suitsid (o‘z joniga qasd qilish) holatlarini aniqlash va jinoyatchiga to‘g‘ri psixologik tashxis qo‘yish, ya’ni uning jinoiy xatti - harakatlar qilayotgan vaqtida ongsizlik holatida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlashdir. Kompleks ekspertizalarning mazmuni shundan iboratki, bunday ekspertizalarni o‘tkazishda turli mutaxassislar jalb qilinadi. Jumladan, psixolog, shifokor, psixiatr, texnolog, pedagog kabilarning fikrlari jamlanadi. Kompleks ekspertizalar muammolar juda murakkab bo‘lganda o‘tkaziladi. Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling