Sud psixologik ekspertizasining predmeti va ekspert vakolati


Download 33.97 Kb.
bet4/5
Sana08.05.2023
Hajmi33.97 Kb.
#1443991
1   2   3   4   5
Bog'liq
SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINING PREDMETI VA EKSPERT VAKOLATI

Sud tibbiy ekspertizasi jinoyatning barcha turlarida o‘tkaziladi. Jumladan, baxtsiz hodisalar, ehtiyotsizlik oqibatidan kelib chiqadigan jinoyatlar, tasodifiy yoki qasdddan amalga oshiriladigan jinoyatlar kelib chiqqada sud tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi. Sud tibbiy ekspertizasi orqali jabrlanuvchining olgan tan jarohatlari, ularning darajasi, kelib chiqadigan oqibatlari aniqlanadi.
Sud psixiatriya ekspertizasi ham barcha turdagi jinoyatlar kelib chiqqanda o‘tkaziladi. Bunday ekspertiza orqali jinoyatchi, jabrlanuvchilarning jismoniy sog‘lomligi, aqliy jihatdan aqli rasoligi, ko‘rgazma berish uchun o‘z xatti - harakatlarini idora qila olish-qilmasligi, sud zalida o‘zini to‘g‘ri tuta olishi, savollarga to‘g‘ri, adolatli javob bera olishi yoki olmasligi aniqlanadi. Odatda sud psixiatriya ekspertizasi sud psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan avval olib boriladi va gumondor, jinoyatchi shaxsiga xatti - harakatlariga javob bera olishi yoki olmasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Sud psixologik ekspertizasi tergov jarayonida jinoyatchining jinoiy xatti - harakatlari aniq bo‘lmagan hollarda, shuningdek, balog‘at yoshidagi o‘smirlar jinoyatga qo‘l urgan paytlarida, kattalarning balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan majburlash, nomusiga tegish, o‘z joniga qasd qilish hollarida o‘tkaziladi. Sud psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan asosiy maqsad jinoyatchining psixologik xususiyatlarini, jinoiy xatti-harakatlar qilayotgan paytidagi uning ruhiy holatlari, jumladan, affekt (kuchli qo‘zg‘alish, shuuriy holati), stress holati (kuchli hayajonlanish), suisid (o‘z joniga qasd qilish) holatlarini aniqlash va jinoyatchiga to‘g‘ri psixologik tashxis qo‘yish, ya’ni uning jinoiy xatti-harakatlar qilayotgan vaqtida ongsizlik holatida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlashdir.
Kompleks ekspertizalarning mazmuni shundan iboratki, bunday ekspertizalarni o‘tkazishda turli mutaxassislar jalb qilinadi. Jumladan, psixolog, shifokor, psixiatr, texnolog, pedagog kabilarning fikrlari jamlanadi. Kompleks ekspertizalar muammolar juda murakkab bo‘lganda o‘tkaziladi.
Sud psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari. Sud psixologik ekspertizasini o‘tkazish zarurati avvalo tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, ya’ni bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi. Sud psixologik ekspertizasini tayinlash, uni o‘tkazish paytida tergovchi va ekspert o‘rtasidagi psixologik munosabatlar sezilarli rol o‘ynaydi. Ularning munosabatlari o‘zaro hurmat, hamkorlik va ishonch asosiga qurilmog‘i lozim. Agar davlat ekspertizasi muassasasi hududida ekspertiza o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, tergovchining o‘zi ana shunday muassasa va ekspertni (mutaxassisni) qidirib topadi. Bunday muassasa va ekspertni tanlashda ularning saviyasi, xolisligi, ish natijasidan manfaatdor emasligi hal qiluvchi shartlar bo‘lib hisoblanadi.

Xulosa

  1. Sud psixologik ekspertizasi mavzusini (Yuridik psixologiya fanini) o‘qitishda innovasion pedagogik va axborot kommunikasion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish, xususan modulli (o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish, o‘qitishni jadallashtirish, fanni samarali o‘zlashtirishga erishish), multimediyali (bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanish) texnologiyalar orqali talabalarda fan, mavzu bo‘yicha chuqur bilim, ko‘nikma va malakalarni yuqori darajada tarkib toptirish;

  2. Sud psixologik ekspertizasi muammosi bilan bog‘liq nazariy va amaliy ma’lumotlar yetarli darajada o‘rganilmaganligi sababli, muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va to‘plangan ma’lumotlar asosida darsni tashkil qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil qilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini oshirishga xizmat qilish darajasini yanada takomillashtirishga erishish;

  3. Sud psixologik ekspertizasi mavzusini (fanni) o‘qitilishi jarayonida nafaqat nazariy jihatdan, shuningdek, amaliy tomonlariga ham e’tibor qaratish lozimligi;

  4. Yuridik psixologiya fani bo‘yicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilidagi adabiyotlarni, shuningdek, elektron darsliklarni yaratish orqali darsni to‘liq metodik ta’minlashga erishish, talabalarda yuridik psixologiya fani haqida tasavvurlarni rivojlantirish, ularning huquqiy ong va madaniyatini yanada yuksaltirish;

  5. Oliy o‘quv yurtlarining 5210200 – Psixologiya (umumiy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarini huquq-tartibot organlarida malakaviy amaliyotlarini (belgilangan talablar asosida) tashkil etish, qolaversa, darslarni tashkil qilish jarayonida sohaning yetuk mutaxassislari, xususan yurist, advokat, tergovchi, sudya va boshqalarni jalb qilish orqali yuridik psixologiya fani doirasidagi amaliy tasavvurlarini yanada boyitishga erishish mumkinligi;

  6. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va motivlarini, ijtimoiy-psixologik, shaxs va individual-psixologik, yosh, hududiy, statistik va jinsiy xususiyatlarini o‘rganish hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, ularning samaradorlik darajasini ilmiy, psixologik - pedagogik jihatdan asoslash.



Download 33.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling