Sud va huquqni muhofaza qilish organlari
Download 106.54 Kb.
|
Sud va huquq
Dastlabki tergov - sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. D.t. davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan xdmma holatlar boʻyicha dalillar yigʻiladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Surishtiruv oʻtkazilgan ishlar boʻyicha D.t. surishtiruv tugallanganidan keyin olib boriladi. Oʻzbekiston JPK boʻyicha, D.t. majburiy boʻlib, u barcha jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkazilishi shart. D.t.ni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi, uni prokurorlar qam oʻtkazishi mumkin. Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalari, jamoalar va aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar xaqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab, murojaat etadi. Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga kura, ayrim tergov harakatlarida ish-tirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin, ularga nisbatan tegishli protsess ishtirokchilarining huquklari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalar toʻliq tatbiq etiladi. D.t. boshlanishida tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu hakda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. OʻzR JPKga binoan, D.t. jinoyat ishi qoʻzgʻa-tilgan kundan boshlab, ikki oydan osh-magan muddatda tamomlanishi lozim.
178)Yuridik yordam tushunchasining mazmuni va uning ahamiyati.? Ta'kidlash joizki, yuridik yordamga bo'lgan huquq fuqarolarning mulkiy holatidan qat'iy nazar ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish faqatgina jinoyat ishlarida ayrim toifadagi ishlar bo'yicha Jinoyat protsessual kodeksining tegishli moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 iyundagi “Advokatlar tomonidan ko'rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to'lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 137-son qarori asosida amalga oshiriladi. Xususan, yuqorida qayd etilgan qonun hujjatlariga asosan quyidagi holatlarda advokatlar uchun to'lov davlat hisobidan qoplab berilishi nazarda tutilgan:kam ta'minlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida oilasida har bir oila a'zosiga to'g'ri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam ko'rsatilganligi uchun haq to'lashdan ozod qilish to'g'risida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq bo'lmagan (bugungi kunda 358 ming so'm atrofida) shaxslar uchun; Jinoyatga oid ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etishga haqli.Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan bo‘ladi. 179)Advokatlar hay’atlari tushunchasi va uni tashkil qilishi. ? Advokatlar hay’atlari va ulam i tashkil qilish. Advokatlar hay’atlari - bu advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular oliy yuridik m a’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan tarkib topgan ta’sischilar (muassis) guruhining arizasiga binoan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Advokaturani tashkil qilishning ixtiyoriyligi prinsipi advokatlik faoliyatining jamoa shakli bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli advokatlar hay’ali birlashm a deb hisoblanishi bejiz emas, chunki advokatlik faoliyatining tarixan tarkib topgan jamoa shakli qulayroq va xalqchilroqdir. Advokatlar hay’ati organlariga quyidagilar kiradi: umumiy yig‘ilish (konferensiya), advokatlar hay’ati rayosati, taftish komissiyasi. Shuningdek, yuridik maslahatxonalar ham tashkiliy vazifalarni bajaradi. Advokatlar hay’ati a’zolarining umumiy yigcilishi uning oliy organi hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish hay'at a ’zolarining kamida 50% ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi. Advokatlar hay’ati a'zolarining konferensiyasi advokatlar hay'ati rayosati belgilagan vakolat me'yorlaridan kelibchiqqan holdachaqiriladi va unda yuridik maslahatxonalardan saylangan delegatlarning 50% qatnashganida vakolatli hisoblanadi 180)Advokatlar hay’atlarining o’z-o’zini boshqaruvchi organlarining (umumiy yig’ilishlarning, rayosatlarning, taftish komissiyalarining, yuridik maslahatxonalar mudirlarining) vakolatlari.? Y uridik m aslahatxonalar advokaturaning asosiy ishchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Advokatlar hay’ati a’zolari biror-bir yuridik maslahatxona tarkibiga kiradilar va o‘sha yerda faoliyat yuritadilar. Yuridik maslahatxona mudiri advokatlar hay’ati rayosati qarori bilan eng malakali, oliy yuridik ma’lumotga va zaruriy ish stajiga ega bo‘lgan hay’at a’zolari orasidan tayinlanadi. Yuridik maslahatxona mudiri o‘zhuquqlarini advokatlar hay’ati rayosati tomonidan beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Yuridik maslahatxonada ishlovchi advokatlar soni to ‘rttadan oshmasa, maslahatxona mudiri, odatda, o‘z majburiyatlarini maoshsiz bajaradi Rayosat advokatlar hay’atini boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bolgan keng vakolatlarga egadir. Rayosat advokatlar hay’ati a’zolarining umumiy yig'ilishini (konferensiyasini) chaqiradi: - belgilangan tartibda yuridik maslahatxonalarni tashkil etadi va ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi; - yundik maslahatxonalaming va ayrim advokatlaming ishlarini tekshiruvdan o‘tkazadi; - yuridik maslahatxonalaming mudirlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; ^ - hay’at a’zoligiga advokatlarni yuridik m aslahatxonalar bo yicha taqsimlaydi, ulami bir maslahatxonadan ikkinchisiga o tkazish masalasini hal qiladi, shuningdek, hay’at a’zoligidan chiqaradi; - yuridik maslahatxonalaming shtatlari va smetalarini tasdiqlaydi; - hay’at a’zolarining malakasini oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazadi. Rayosat boshqa masalalarni ham hal qiladi. Uning faoliyati jamoa bo‘lib boshqarishga, oshkoralikka, advokatlar hay’ati a’zolari oldida doimiy hisobot berishga, advokatlarning rayosat ishiga kengjalb qilinishiga asoslangan. Hay’at rayosati qoshida jamoatchilik asosida unga yordam beruvchi organlar tashkil qilinishi mumki 181)Advokatlar tomonidan ko’rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to’lash tartibi? Download 106.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling