Sud va huquqni muhofaza qilish organlari
Download 106.54 Kb.
|
Sud va huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари
1) "Sud va huquqni muhofaza qilish organlari" fanining predmeti va tizimi.? Sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati — maxsus vakolatli organlarning jismoniy, yuridik shaxslar va umuman davlatning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, qonunga muvofiq va unda belgilangan tartibga so‘zsiz rioya qilgan holda yuridik ta ’sir choralarini ko‘rish orqali qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари - бу давлат органлари ва жамоат ташкилотлари бўлиб, улар ўз фаолиятини қонун ҳамда демократик принципларга асосланган ҳолда амалга оширадилар, қонунийлик ва ҳуқуқий тартиботни таъминлайдилар, фуқаролар, меҳнат жамоалари, жамият ва давлатнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қиладилар, ҳуқуқбузарликнинг олдини олиш ва қонун ҳамда ҳуқуқ тартиботни бузган шахсларга давлатнинг мажбурлов ёки жамиятнинг таъсир чораларини қўллайдилар. «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar» o ‘quv fanining maqsadi talabalarda sud hokim iyati va huquqni m uhofaza qiluvchi organlar haqida aniq tasavvur shakllantirishdan iborat. Asosiy e ’tibor sudlarga qaratiladi, chunki mazkur organlarga ularni hokimiyatning mustaqil tarm og‘i sifatida nomlanishga imkon beradigan vakolatlar majmuyi taqdim etilgan. Sud hokimiyati va huquqni muhofaza qilish faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari, konstitutsiyaviy nazorat, odil sudlov va uni amalga oshiruvchi organlar, sudlarning ichki tashkil etilishi va vakolatlari, prokuror nazorati va prokuratura, jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish, advokatura va yuridik yordam ko‘rsatishning boshqa shakllari haqida eng asosiy bilimlar o ‘quv fanining asosiy mazmunini tashkil etadi 2)Huquqni muhofaza qilish organlarining asosiy belgilarini tavsiflab bering.? Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолиятининг белгилари қуйидагилар: 1. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолияти махсус ваколатга эга бўлган, фаолияти, тузилиши, таркиби қонун билан қатъий тартибда белгиланган давлат органлари томонидан амалга оширилади. 2. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолияти фуқаролар, жамият ва давлатни жиноятчилик ёки бошқа таҳдидлардан ҳимоя қилишга йўналтирилган. 3. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолияти қонун билан белги-ланган қатъий тартибда амалга оширилади. Ваколатли орган у ёки бу таъсир таъсир чорасини қўллаш ёки қўлламасликдан ол-дин ўша ҳолат бўйича қонун билан белгиланган қоидаларга риоя қилишга мажбур. 4. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолияти фақат давлатнинг мажбурлов ёки бошқа ҳуқуқий таъсир чорасини қўллаш орқали амалга оширилади. 5. Ҳуқуқий таъсир чораси қатъий тартибда қонун асосида бўлиши лозим. Ҳозирги кунда ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолияти тушун-часини таърифлашда унга бир қадар чегараланган мазмун бериш анъанаси кенг тарқалган. Масалан, айримлар учун жиноятчиликка қарши кураш соҳасидаги ваколатли давлат органлари амалга ошираётган фаолият деб ҳисобланса, бошқалар учун эса жамоат тартибини таъминлаш деб қаралади. Бундай ёндашув анча соддалаштирилган тарзда намоён бўлади зеро, ҳуқуқни ҳимоя қилиш соҳаси кўлами жиноятчиликка ёки жамоат тартиби бузилишларига қарши кураш соҳаларига қараганда анча кенгдир. 3)Huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo’nalishlarini (funksiyalarini) tavsiflab bering.? Sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy funksiyalari • konstitutsiyaviy nazorat; Konstitutsiyaviy nazorat — bu davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning konstitutsiyaviy ko‘rsatmalarga zid bo‘lgan huquqiy hujjatlarini va xatti-harakatlarini aniqlash, shuningdek, aniqlangan chetga chiqishlarni bartaraf etish bo’yicha choralarni ko‘rish orqali K onstitutsiyaning ustunligini ta ’minlashga qaratilgan huquqni muhofaza qilish faoliyatining funksiyasi. • odil sudlov; Odil sudlov deganda, qonunga va u bilan belgilangan tartibga qat’iy rioya qilgan holda jinoyat, m a’muriy, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ко‘rib chiqish orqali turli nizolarni hal qilish tushuniladi. • sud qarorlarini ijro etish; • sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash; • prokuror nazorati; • jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish; •jinoyat ishlari bo‘yicha yuridik yordam ko'rsatish va himoya qilish. 4)Huquqni muhofaza qilish faoliyatida odil sudlov va konstitutsiyaviy nazorat.? Odil sudlov deganda, qonunga va u bilan belgilangan tartibga qat’iy rioya qilgan holda jinoyat, m a’muriy, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ко‘rib chiqish orqali turli nizolarni hal qilish tushuniladi. O dil sudlov jam iyat subyektlari m unosabatlarining huquqiy m e’yorlarga mosligini ta ’minlab, mazkur munosabatlam i tartibga solib turuvchi ijtimoiy kuch sifatida ham baholanadi. Odil sudlov sudning mutlaq vakolatida bo‘lishi qonunda nazarda tutilgan. Sud organlarining tizimi Konstitutsiya va «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan. Odil sudlovni amalga oshirish funksiyasi zimmasiga yuklatilgan sudlar quyidagilardan iborat: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari b o ‘yicha tum anlararo, tum an (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tum an (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Q oraqalpogiston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyat va Toshkent shah Konstitutsiyaviy nazorat — bu davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning konstitutsiyaviy ko‘rsatmalarga zid bo‘lgan huquqiy hujjatlarini va xatti-harakatlarini aniqlash, shuningdek, aniqlangan chetga chiqishlarni bartaraf etish bo’yicha choralarni ko‘rish orqali K onstitutsiyaning ustunligini ta ’minlashga qaratilgan huquqni muhofaza qilish faoliyatining funksiyasi. 5) Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tartibga soluvchi narmativ xuquqiy xujjatlar.? Normativ-huquqiy hujjatlaming turlari ularning yuridik kuchi bo‘yicha tasniflanishiga asos sifatida xizmat qiladilar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to ‘g‘risidagi normativhuquqiy hujjatlaming yuridik kuchi bo‘yicha tasniflanishi amaldagi qonun ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlaming yuridik kuchi boyicha quyidagi iyerarxiyasi o ‘rnatilgan 1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 2) 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonunlari; 3) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qarorlari; 4) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; 5) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari; 6) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan Farmoyishlari; 7) 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 8) Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativhuquqiy hujjatlari; 7) mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy qarorlari. 6) Sud tizimini konstitutsiyaviy xuquqiy asoslari.? Download 106.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling