Sudan o’ti Qo’ng’irboshli o’tlardan turli to’yimli chorva oziqalari olishda yaylovlar barpo etishda keng qo’llaniladi Sudan o’ti


Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi


Download 22.81 Kb.
bet2/5
Sana23.11.2023
Hajmi22.81 Kb.
#1795568
1   2   3   4   5
Bog'liq
. Bir yillik qung’irboshli o‘tlar vakillari ahamiyati

Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Urug‘larning ko‘karishi uchun optimal harorat 25-30 0S, minimal 8-10 0S, maksimal 35-42 0S. Juda issiqsevar o‘simlik. Urug‘lar 8-10 0S haroratda sekin una boshlaydi. Harorat 40 0S oshganda urug‘larni unishi sekinlashadi, 50 0S oshsa nobud bo‘ladi. O‘simlikning pishib etilishi uchun faol harorat yig‘indisi 1500-3000 0S. Odatda 3-4 0S sovuq o‘simlikning to‘la nobud bo‘lishiga olib keladi. Sutkalik harorat 10 0S oshganda o‘simlik jadal o‘sadi.
Namlikka talabi – sudan o‘ti qurg‘oqchilikka bardoshli. Kuchli ildiz tizimi tuproqning chuqur qatlamlaridagi namlikdan ham foydalanadi. Sudan o‘ti sug‘orishlarga juda ta’sirchan. Urug‘larni ko‘karishi uchun tuproqdagi namlik CHDNS ning 50-80 % teng bo‘lishi kerak. Namlik ortiqcha bo‘lsa o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi.
YOrug‘likka talabi – sudan o‘ti O‘zbekiston sharoitida bo‘z, bo‘z-o‘tloq, o‘tloq, kashtan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproq mexanik tarkibi o‘rtacha qumoq bo‘lishi ma’qul. Sudan o‘ti tuproq kislotaligi sal yuqori yoki sho‘r bo‘lishiga chidaydi.
U 1 t quruq modda shakllantirish uchun 22-30 kg azot, 7-10 kg fosfor, 17-20 kg kaliy o‘zlashtiradi.
Rivojlanish fazalari. Urug‘lari bitta murtak ildizi hosil qilib ko‘karadi. Tuproqda optimal harorat va namlik bo‘lganda, ekilgandan 4-5 kun o‘tgach unib chiqadi. Tez tomir otadi.
Vegetatsiya davrining boshlarida (5-6 hafta) sudan o‘ti sekin rivojlanadi. Ba’zan birinchi beshta bargning hosil bo‘lishi uchun 35-40 kun kerak bo‘ladi. Tuplanish fazasida o‘simlik 182 sm etadi. Beshinchi bargning hosil bo‘lishi bilan poyaning yuqorigi bo‘g‘inidan tuplanish boshlanadi. O‘simlikning tuplanishiga tuproq unumdoligi, oziqlanish maydoni, yorug‘lik, issiqlik rejimi, optimal namlik ta’sir qiladi. Bitta o‘simlikda naychalash fazasida poyalar soni 7,5, ro‘vaklashda 8,4, gullashda 9,1, pishishda 10 etadi.
O‘rishdan keyin o‘sish tuplanish tugunining kurtaklaridan yangi poyalarni hosil bo‘lishi, poyani birinchi bo‘g‘inidagi barg qo‘ltiqlaridan poyani hosil bo‘lishi va o‘rish paytida o‘sish nuqtasi kesilmagan poyalar hisobidan sodir bo‘ladi.
Maysalashdan 6 hafta o‘tgach ro‘vaklash boshlanadi va 2-3 hafta davom etadi.
Gullash ro‘vak hosil bo‘lgandan keyin 3-4 kun o‘tgach boshlanadi va 7-9 kun har bir ro‘vakda davom etadi. Gullar ertalab ochiladi va 3-4 soat ochilib turadi.
Sudan o‘ti anemofil o‘simlik, ammo o‘zidan changlanish ham kuzatiladi. Urug‘larni pishib etilishi ham chuziladi.
Vegetatsiya davri o‘rtacha 100-120 kun.

Download 22.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling