Sudralib yuruvchilar sinfi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1502503
1   2
Bog'liq
Axrorova Gulshoda

umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. 
Ko‘krak qafasida o‘pka va yurak joylashgan.



Kaltakesak faqat o‘pkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pkasi baqani kiga nisbatan murakkab
tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab

katakchalarga bo‘lingan. Shu tufayli o‘pkaning gaz almashinadigan

yuzasi ancha kengaygan.



Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma va bitta

qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan

suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikidan farq qiladi. Shunga
qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi. 

Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan tanasining harorati

atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra sovuq tushishi bilan

ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari

karaxt bo‘lib qoladi.



Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining
tuzilishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga
o‘xshaydi. Lekin tana muvozanatini saqlaydigan va
harakatini boshqaradigan miyachasi ancha kuchli
rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda
quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil
harakat qiladi.



Sudralib yuruvchilarning
tuxumi urg‘ochisi jinsiy
yo‘lida urug‘lanadi. 
Erkagining
spermatozoidlari
urg‘ochisining kloakasiga
tushadi. Sudralib
yuruvchilarda boshqa
haqiqiy quruqlikda
yashovchi hayvonlar singari
ichki urug‘lanish sodir
bo‘ladi.



Urg‘ochi kaltakesak 5 dan 15 tagacha
urug‘langan tuxumlarini oftob tushib
turadigan joyga qo‘yadi. Tuxumlar
tuproqqa yuzaroq qilib ko‘mib qo‘yiladi. 
Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko‘p
bo‘lib,sirti qalin po‘choq bilan
qoplangan. Po‘choq tuxumni qurib
qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi
rivojlanayotgan murtak uchun oziq
hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan
voyaga yetgan hayvonga o‘xshaydigan
kichik kaltakesak chiqadi.



Agar yirtqich hayvon
kaltakesak dumidan tutib
oladigan bo‘lsa, u dumining bir
qismini tashlab, qochib qoladi. 
Uzilib qolgan dum birmuncha
vaqt qimirlab turadi. Bu hodisa
dum umurtqalaridan birining
o‘rtasidan sinishi natijasida yuz
beradi. Keyinroq dum yana
qaytadan o‘sib chiqadi, ya’ni
regeneratsiyasodir bo‘ladi.


E’tiboringiz uchun raxmat

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling