Sudralib yuruvchilar sinfi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1502503
  1   2
Bog'liq
Axrorova Gulshoda



Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar 
fakulteti Biologiya yoʻnalishi 10_22 
Guruh talabasi Axrorova Gulshodaning
tayyorlagan taqdimoti


SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI

Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi


Reja
Yashash muhiti va tashqi
tuzilishi. 
Ichki tuzilishi. 
Ko‘payishi va rivojlanishi.
Regeneratsiyasi
.



Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda
yashovchi hayvonlar.Terisi quruq, nafas olishda
ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka qo‘yadi. O‘pka
orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, 
toshbaqalar,timsohlar turkumlariga ajratiladi.



Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning
cho‘lva tog‘oldi mintaqalarida
tarqalgan. Terisi kulrang yoki
yashil-kulrang tusda bo‘lganligi
tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich
hayvonlar yaxshi payqamaydi. 
Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli
hasharotlar bilan oziqlanadi.



Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga yetadi. 
Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga
birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan
orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari joylashgan. Ko‘zida
yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash
pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va
yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimonamlab
turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora parda
tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. 
Hatto hasharotlar o‘rma layotganda chiqadigan tovushni hamsezadi. 
Kaltakesak ning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U uzun
ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi.



Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga
ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib
turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni
yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. Kaltakesakning
quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar
kaltakesak tumshug‘i va qornining ostida yirik qalqonsimon
plastinkalarni, barmoqlari uchida muguz tirnoqlarni hosil qiladi. 
Muguzli teri hayvonning o‘sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun
barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat tullash
davrida o‘sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4–5 marta tullaydi. 
Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chib tushib, 
o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri qotguncha
o‘saveradi.



Kaltakesakning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan baqanikiga o‘xshasa-da, ayrim organlari
undan farq qiladi. Xususan, uning boshi 8 ta umurtqalar orqali tanasiga harakatchan
birikkan. Ko‘krak umurtqalarining har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg‘alar
tutashgan. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi esa to‘sh suya giga tutashgan. Ko‘krak

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling