Sug`urtа fаоliyati klаssifikаtоrini tаrmоqlаrgа аjrаtish vа ulаrni sug`urtа turlаrigа ko`rа guruhlаsh
Sug`urtа fаоliyati klаssifikаtоrini tаrmоqlаrgа аjrаtish vа ulаrni sug`urtа turlаrigа ko`rа guruhlаsh. 1. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 2. Umumiy sug‘urta tarmog‘i Yevropa ittifoqida sug‘urta turlarini turkumlash
Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i
1. Hayotni sugʻurta qilish tarmogʻi
| | |
Klass tartib raqami
|
Klassning nomi
|
Mazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar
|
I klass
|
Hayot va annuitetlar
|
Quyidagi hollarda sugʻurta summalari toʻlash boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari jami:
|
|
|
- sugʻurta qilinuvchining sugʻurta muddati tamom boʻlgungacha yoki sugʻurta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;
|
|
|
- sugʻurta qilinuvchining vafot etishi;
|
|
|
shuningdek sugʻurta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy toʻlovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno
|
II klass
|
Nikoh va tugʻilish
|
Nikohga kirishda yoki bola tugʻilganda sugʻurta summasi toʻlanishini taʼminlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari jami
|
III klass
|
Hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish
|
Umrbod renta toʻlanishi bilan birgalikda hayotni sugʻurta qilish turlari jami
|
IV klass
|
Sogʻliqni sugʻurta qilish
|
Koʻrsatib oʻtilgan sugʻurta davri kamida besh yildan kam boʻlmagan muddatga yoki sugʻurta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yoʻqotganda sugʻurta summalari toʻlanishini taʼminlovchi hayotni sugʻurta qilish turlari jami. Bunda shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta davri sugʻurtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin emas
|
Sug`urtа fаоliyati klаssifikаtоrini 2 ta tarmoqqa bo`linadi: 1. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 2. Umumiy sug‘urta tarmog‘i
Hayot sug'urtasi nima?
Hayotni sug'urtalash - bu ijtimoiy va moliyaviy himoya bo'lib, u bir necha hodisalarni qamrab oladi: masalan, kasallik, o'lim yoki ma'lum yoshgacha omon qolish tufayli nogironlik. Bularning barchasi tanlangan sug'urta mahsulotiga bog'liqdir.
Sug'urta kompaniyasi sug'urta tovonini to'laydi, qachonki: agar Sug'urtalangan shaxs ma'lum bir yoshga to'lganda, shuningdek baxtsiz hodisada vafot etgan taqdirda yoki Sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa holatlar yuz bergan taqdirda. Odatda, o'lim holatlarida to'lov Sug'urtalangan shaxsning merosxo'rlari yoki Sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan Benefitsiar tomonidan qabul qilinadi. Bundan tashqari bank ham olishi mumkin - agar mashina yoki uy-joy garovga qo'yilgan bo'lsa (qarz oluvchining sug'urtasi).
UMUMIY SUG`URTA
shaxsiy, mulkiy sug`urta, javobgarlikni sug`urta qilish hamda hayotni sug`urta qilish sohasiga taalluqli bo`lmagan boshqa sug`urta turlari.
2. Umumiy sugʻurta tarmogʻi
Klass tartib raqami
|
Klassning nomi
|
Mazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar
|
1-klass
|
Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish
|
Quyidagi hollarda:
|
|
|
a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sogʻliqning qattiq shikastlanishi, yoxud;
|
|
|
b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
|
|
|
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass boʻyicha sugʻurta shartnomalarini istisno qilgan holda, sugʻurta qilingan shaxsga sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
2-klass
|
Kasallikdan ehtiyot shart sugʻurta qilish
|
Sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi toʻlanishini yoki kasallik yoki sogʻliqning izdan chiqishi munosabati bilan sugʻurta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni taʼminlovchi sugʻurta turlari jami, biroq hayotni sugʻurta qilish tarmoqlarining IV klassi boʻyicha shartnomalarni istisno qilgan holda
|
3-klass
|
Yer usti transport vositalarini sugʻurta qilish
|
Transport vositalari, oʻzi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi bundan mustasno, yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
4-klass
|
Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibini sugʻurta qilish
|
Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
|
5-klass
|
Aviatsiya sugʻurtasi
|
Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
|
6-klass
|
Dengiz sugʻurtasi
|
Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
|
7-klass
|
Yoʻldagi mol-mulkni sugʻurta qilish
|
Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
|
8-klass
|
Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sugʻurta qilish
|
Yongʻin, portlash, boʻron, dovul, jala, koʻchki, tuproqning choʻkishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi taʼsiri natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda koʻrsatilganlar bundan mustasno) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
|
9-klass
|
Mol-mulkni zarardan sugʻurta qilish
|
8-klassda koʻrsatilmagan doʻl, qalin qor yogʻishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib oʻgʻirlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilgandan boshqa) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
|
10-klass
|
Avtofuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish
|
Yer usti transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
11-klass
|
Aviatsiya sugʻurtasi doirasidagi javobgarlikni sugʻurta qilish
|
Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
12-klass
|
Dengiz sugʻurtasi doirasida javobgarlikni sugʻurta qilish
|
Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
13-klass
|
Umumiy fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish
|
10, 11 va 12-klasslarda koʻrsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʻlgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
14-klass
|
Kreditlarni sugʻurta qilish
|
Sugʻurta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sugʻurta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
15-klass
|
Kafillikni (kafolatlarni) sugʻurta qilish
|
Sugʻurta qildiruvchining oʻziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
16-klass
|
Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish
|
Quyidagi hollarda:
|
|
|
a) sugʻurta qildiruvchining biznesi (xoʻjalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xoʻjalik faoliyati) koʻlami kamayishi natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda;
|
|
|
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda (17-klassda koʻrsatilgandan tashqari);
|
|
|
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida koʻrsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
17-klass
|
Huquqiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta qilish
|
Sud muhokamasi bilan bogʻliq koʻrilgan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami
|
Yevropa ittifoqida sugʻurta turlarini turkumlash
Uzoq muddatli sugʻurta
|
|
Umumiy sugʻurta
|
|
I
|
Hayot va annuitetlar sugʻurtasi
|
I
|
Baxtsiz hodisalardan sugʻurta
|
II
|
Bolalarni tugʻilish va nikohini sugʻurtasi
|
II
|
Kasallik hodisasini sugʻurtasi
|
III
|
Bogʻlangan uzoq muddatli sugʻurta
|
III
|
Avtomobillarni sugʻurtalash
|
IV
|
Sogʻlikni uzluksiz sugʻurtalash
|
IV
|
Temir yoʻl sostavini sugʻurtasi
|
V
|
Tontinlar
|
V
|
Havo kemalarini sugʻurtasi
|
VI
|
Kapitallarni qoplashni sugʻurtalash
|
VI
|
Dengiz kemalarini sugʻurtasi
|
VII
|
Nafaqalarni sugʻurtasi
|
VII
|
Yoʻldagi yuklarni sugʻurtasi
|
|
|
VII
|
Yongʻindan va stixiyali hodisalardan sugʻurta
|
|
|
IX
|
Mulkni zarar yetkazishdan sugʻurtasi
|
|
|
X
|
Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish masʼuliyatini sugʻurtasi
|
|
|
XI
|
Havo kemalari egalarining 3-chi shaxsga zarar yetkazish masʼuliyatini sugʻurtasi
|
|
|
XII
|
Kema egalarini fuqarolik javobgarligini sugʻurtasi
|
|
|
XIII
|
Umumiy javobgarlikni sugʻurtasi
|
http://genderi.org
Do'stlaringiz bilan baham: |