Sug’urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni hamda sug’urta bozorini takomillashtirish chora
Sug’urta xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi
Download 148.12 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug’urta bozori ishtirokchilari
- Bozor konsentratsiyasi
- Qayta sugurta
Sug’urta xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi2022 yil uchun sug’urta turlari bo’yicha jami sug’urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi va umumiy aholiga nisbatan jon boshida ko'rsatilgan o’rtacha sug’urta turlari bo’yicha xarajatlar O’zbekistan, Qozog'iston, Turkiya va Tojikiston kabi davlatlar bilan taqqoslangan holda quyida 2-jadvalda keltirilgan. jadval: Sug'urta bilan ta'minlanganlik darajasi
Manba: Axco Global statistika ma'lumotlari asosida Markaziy osiyo davlatlari kesimida qaralganda ham O’zbekiston sug’urta bozori umumiy aholiga nisbatan taqqoslaganda kichik hisoblanadi. Bozorda kuchli o'sish sur'atlarini ta’minlashda ko'p jihatdan ko'chmas mulk va qurilish biznesi muhim rol o’ynaydi. Sug’urta bozori ishtirokchilariO‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi reestrida 41 ta sug’urta kompaniyasi mavjud bo‘lib, ulardan 33 tasi umumiy sug’urta 8 tasi hayot sug’urtasi bo’yicha xizmatlarni taklif etadi. 2023-yilning birinchi choragida jami yozilgan sug’urta mukofotlari bo‘yicha uchta yirik davlat sug‘urta kompaniyasi – “O‘zbekinvest”, “Kafolat”, “O‘zagrosug‘urta” bozorning 36,3 foiz umumiy ulushi bilan mos ravishda birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi yirik sug‘urta kompaniyalari bo‘ldi. 2016-yilda ular 50% dan ko'proq bozor ulushiga ega bo'lgan. 2022 yilda umumiy sug'urta faoliyatidagi aktivlari bo’yicha eng katta sug’urta kompaniyalari quyidagilar hisoblanadi. O'zbekinvest Apex Insurance O'zagrosug'urta Kafolat Insurance Company Gross Insurance Kapital Sug’urta My Insurance Alfa Invest Euroasia Insurance SQB Insurance 0 200 400 600 800 1 000 1 200 1 400 1 600 1 800 milliard so'm rasm: Aktivlari bo’yicha eng katta sug’urta kompaniyalari Manba: O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi ma;lumotlari asosida Bozor konsentratsiyasiUmumiy sug’urta sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning bozor ulushi 3-jadvalda keltirib o’tilgan. Top - 10 kompaniyalarning umumiy bozordagi ulushi yillar mobaynida kamayib bormoqda, bu O‘zbekistonda umumiy sug‘urta sohasidagi sug’urta komaniyalari soni 2016 yildagi 23 tadan 2022 yilda 33 taga oshganidan dalolat beradi. jadval: Bozor ulushi bo'yicha kompaniyalarning taqsimlanishi
Manba: Axco Global statistika ma’lumotlari asosida Qayta sug'urtaMilliy qayta sug'urta bozoriO'zbekistonda milliy qayta sug'urtalash kompaniyalari mavjud emas. To'g'ridan-to'g'ri litsenziyalangan yirik sug'urtalovchilarning bir nechtasi qayta sug'urtalovchi sifatida harakat qilish uchun yetarli darajada kapitallashtirilgan. Bunday kompaniyalar fakultativ qayta sug'urtalashni taklif qilishadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli Farmoniga muvofiq valyuta liberalizatsiyasidan so‘ng, milliy sug‘urta kompaniyalari qayta sug‘urta shartnomalarini sotib olish uchun xorijiy valyutani erkin sotib olishlari mumkin bo’ldi. Bu milliy sug'urtachilarning xalqaro qayta sug'urta bozorlaridan foydalanishga bo'lgan qiziqishi va istagining oshishiga olib keldi. Milliy yirik sug'urta kompaniyalari hozirda ko’plab brokerlar va qayta sug'urtalovchilar bilan ishlaydi. Axco kompaniyasining O’zbekiston sug’urta bozori hisobotida yozilishicha, 2018-yilda milliy kompaniyalar qayta sug’urtalash orqali joylashtirgan xavflarning aksariyati Buyuk Britaniya (58%), Rossiya (9%), Janubiy Koreya (8%), Ozarbayjon (6%), BAA (4%), Xitoy (3%), Germaniyada (2%), Shveytsariya (2%), Fransiya (1%) va boshqa mamlakatlar (6%) to’g’ri keladi. 2019-yil 2-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-4412 sonli sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish to‘g‘risida Qarori imzolandi. Ushbu qaror milliy qayta sug'urta kompaniyasini ochish va xorijiy qayta sug'urta brokerlarining O'zbekistonda ishlash uchun tegishli sertifikatga berilishini ta’minlaydi. Qarorda qayta sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchilarga quyidagicha ustav kapitali bo’yicha majburiyat qo’yilgan: 2020-yil iyulidan: 35 milliard so‘m; 2022-yil iyulidan: 45 mlrd. so‘m. Ko'pgina kichik kompaniyalar o'zlari sug'urta qilgan risklarni saqlab qolishadi va qayta sug'urtalashdan foydalanmaydilar. Ammo mulk kabi katta risklar ko'pincha qayta sug'urtalovchilarga beriladi. O‘zbekistonda davlat qayta sug‘urtalovchi kompaniyasi yo‘q. Lekin davlatga qarashli yirik kompaniya – “O‘zbekinvest” ma’lum bir qisimdagi qayta sug‘urtalashni o‘z zimmasiga oladi. Download 148.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling