"Sug‘urta ishi" fani "iqtisod" ta’lim sohasi yo‘nalishlari uchun umumkasbiy fan sanaladi


Download 391.5 Kb.
bet1/13
Sana19.12.2022
Hajmi391.5 Kb.
#1033558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
СИ ИУД 2022 2022 4 курс барча йўналишлар 2 от




KIRISH
Pandemiya sharoitida Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni rivojlantirish sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi oshishi hamda ular tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urtaviy xizmatlarning iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy muhofaza qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini oshiradi.
Shu bois, ushbu fan sug‘urtaning paydo bo‘lishi va tadrijiy rivojlanishi, sug‘urta nazariyasining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, sug‘urta himoyasining talqini, sug‘urta munosabatlari tizimining mazmuni va tashkil qilish asoslari, sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlar, ularning huquq va majburiyatlari, sug‘urta sohasini tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy asoslar, sug‘urta sohasini nazorat etuvchi organning tashkil etilishi, majburiy sug‘urtaning sug‘urta tizimidagi o‘rni, uni tashkil etishning zarurligi va afzalliklari va boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va metodologik asoslar yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan.
“Sug‘urta ishi” fani “iqtisod” ta’lim sohasi yo‘nalishlari uchun umumkasbiy fan sanaladi. Mazkur fanni o‘rganish jarayonida sug‘urta munosabatlarini iqtisodiy asoslash, sug‘urta tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, sug‘urta faoliyatiga daxldor qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o‘rganishning shakllari va usullarini ishlab chiqish, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi normativlar asosida hisob-kitobni amalga oshirish, baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sug‘urta faoliyatida ish yuritadigan kadrlarga alohida talablar qo‘yiladi. Bu fan iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblangan sug‘urta tizimiga tizimiga, shuningdek moliya-iqtisod sohalariga raqbatbardosh kadrlar yetkazib berishda muhim o‘rin tutadi.



Download 391.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling