2. Sug‘urta sohalari va klasslari
O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi yangi qonunchiligida sug‘urta sohalari va turlariga ham tushuntirishlar berib o‘tilgan. Unga ko‘ra sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamra b oladi);
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasida sug‘urta faoliyatining klassifikatori berilgan bo‘lib, unga muvofiq hayotni sug‘urta qilish sohasi 4 ta klassga va umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassga ajratilgan.
Hayotni sug‘urta qilish sohasi o‘z tarkibiga quyidagi klasslarni oladi:
Klass
tartib
raqami
|
Klassning
nomi
|
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar
|
I
klass
|
Hayot va annuitetlar
|
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |