Sug‘urta kompaniyasining vujudga kelish tarixi. Sug‘urta mablag‘larini joylashtirish


Download 101 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi101 Kb.
#1034874
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dastlabku sug‘urta kompaniyasining vujudga kelishi.

Aktivlarni likvidligi deganda, sug‘urta kompaniyalari aktivlarni tezlik bilan naqd va boshqa to‘lov mabag‘lariga aylantirib, olingan majburiyatlarni tugatishga qaratilgan imkoniyat tushuniladi.
Qaytarishlik deganda, investitsiya mablag‘larini to‘liq hajmda qaytarilishi tushiniladi. Qaytarishlik tamoyillari (ishonchlilik) sug‘urtalovchilar oldiga qo‘yilmalarni xavfsiz sharoitda maksimal imkoniyatlarga, ya’ni investitsiya risklarini minumum darajasiga erishish vazifasini qo‘yadi.
Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini boshqarishni asosiy maqsadlaridan biri, bu - o‘z investitsiya faoliyatidan to‘g‘ri va oqilona foydalanishni boshqarish orqali samaraga erishishdir. Buning uchun sug‘urta kompaniyasining investitsiya siyosati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- sug‘urta kompaniyasi investitsiya portfelining barqarorligi ta’minlanishi shart. Shundan investitsiya siyosati uning ishonchli bo‘lishi orqali sug‘urta kompaniyasining barqarorligi va raqobatdoshligi oshiradi;
- investitsiyaning daromadli va ishonchli yo‘nalishini ta’minlash sug‘urta kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Investitsiya portfelini samarali shakllantirishda birinchi navbatda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- sug‘urta hodisasining sodir bo‘lish va to‘lov majburiyatining bajarish extimolligi;
- investitsiya tavakkalchiligida sug‘urta zaxiralarini yo‘qotish extimolligi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsiya siyosatidagi sug‘urta hodisasi extimolligi uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqadi, chunki sug‘urta kompaniyasi shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga tasodifan yetgan zararni qoplashni sug‘urta shartnomasi shartlariga asosan o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun investitsiya rejalashtirilayotgan to‘lov majburiyatlarining bajarilishi extimolligi asosiy omillardan biri hisoblandi.
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilish investitsiya faoliyatining boshqa turlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu, bir tomondan, sug‘urtaning tavakkalli tabiati bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, sug‘urta fondlari vaqtincha bo‘sh mablag‘largina xalos. Ular istalgan vaqtda sug‘urtaviy majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirilishi mumkin. Shuning uchun, sug‘urta tashkilotlarini investitsion amaliyotida ham investitsion, ham sug‘urta faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalarini mujassamlashtiruvchi o‘z tamoyillari ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va qo‘yilmalarning daromadliligidan iborat.
Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri uning davlat tomonidan yetarlicha qattiq tartibga solinishi hisoblanadi. Bunda, davlat sug‘urtalovchilarning investitsion faoliyatini to‘liq tartibga solmaydi, balki faqatgina sug‘urta zaxiralarini joylashtirish qoidalarini o‘rnatish bilan sug‘urta fondlarini investitsiya qilish jarayoni. Bunday tartiga solishning zarurligi quyidagi ikki omil bilan asoslanadi. Birinchidan, moliyaviy resurslarni harakati xarakteri bilan, qaysiki sug‘urtalovchi ixtiyorida ma’lum davr davomida vaqtincha bo‘sh mablag‘lar (ammo, ularning barchasi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bilan bog‘liq emas) bo‘ladi va bu mablag‘lar qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiya qilinishi mumkin. Ikkinchidan, bu mablag‘larni sug‘urtalovchi majburiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni sug‘urtalanuvchi va sug‘urta qildiruvchilar tomonidan investitsiya qilinishi ustidan nazorat qilishning imkoniyati yo‘qligi bilan.
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • mablag‘larni joylashuvini sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga muddatlari va hajmlari bo‘yicha moslashtirish;

  • milliy manfaatlarni himoya qilish, misol uchun, chet elga investitsiya qilish bo‘yicha mamlakat sug‘urtalovchilariga cheklovlar o‘rnatish;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va qo‘yilmalarning daromadliligi tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22 apreldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom”lar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatiga talablarni o‘rnatadi.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling