Sug‘urta kompaniyasining vujudga kelish tarixi. Sug‘urta mablag‘larini joylashtirish


Download 101 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi101 Kb.
#1034874
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dastlabku sug‘urta kompaniyasining vujudga kelishi.

Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining obyekti quyidagilar hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;

  • xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;

  • bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);

  • kredit tashkilotlaridagi omonatlar (depozitlar);

  • ko‘char va ko‘chmas mulk (binolar, inshoatlar, jixozlar va boshqa moddiy qiymatliklar) va ularga egalik huquqi;

  • yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida chivarish va muomalaga kiritishga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat olib borish uchun berilgan litsenziya (ruxsatnoma)ga ega bo‘lgan horijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan va bozorda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar.

Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qonunchilikka zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning qonun bilan himoyalanadigan manfaatlari va huquqlarini poymol qiluvchi, qurish va foydalanishning qonunchilik bilan o‘rnatilgan sanitar-gigienik, radiatsion, ekologik, arxitektura-shaharsozlik va boshqa talablariga javob bermaydigan obyektlarga investitsiya qilishi taqiqlanadi.
Investitsion faoliyatga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) o‘z aktivlarini ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va daromadlilik tamoyillari asosida joylashtirish shart.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirishda sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) quyidagi asosiy shartlarni bajarishi lozim:

Investitsiyalarni va ular bilan bog‘liq risklarni omilkorlik bilan boshqarish sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:

  • sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsiya faoliyatini asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgan investitsiya siyosatini tasdiqlash;

  • investitsion faoliyatni tashkil etishga, zarurat bo‘lganda, investitsion maslahatchilarni, investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchilarni yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilarini jalb qilish;

  • investitsiya obyektlarini tahlil qilish va olingan daromadlilikni davriy baholash va sh.k.

Axborot tiniqligi va maxfiyligini ta’minlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • qonunchilik talablariga muvofiq tarzda ma’lumotlarni oshkor qilish;

  • amalga oshirilgan investitsiyalar to‘g‘risida ta’sischilar oldida yillik hisobot berish;

  • sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsion siyosatiga muvofiq ravishda sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xodimlari va boshqaruv organi a’zolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotlardan foydalanish.

Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsion faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
a) qonunchilik talablariga rioya qilish;
b) moliyaviy, texnik, axborot resurslari mavjudligini ta’minlash;
v) investitsion riklarni to‘laqonli baholashni amalga oshirish va samarali qarorlar qabul qilish uchun malakali xodimlar bilan ta’minlash;
g) javobgar shaxsning mablag‘larni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozma xulosalarini olish;
d) javobgar shaxsning Nizom bilan o‘rnatilgan malaka talablariga mos kelishligini ta’minlash.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan va sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning to‘lovga qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarni boshqarish tizimini tashkilga etishga majbur.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling