Sug’urta tashkiloti moliyasi
Sug’urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati
Download 179 Kb.
|
sug\'urta
2.4.Sug’urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta tahrirdagi Qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiya - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar”1, sifatida ta’riflanadi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital qo’yilmalar”, “investitsiyalarning mulkiy shakli”, “kapital”, “kredit” va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq, “sig’imliroq” tushuncha hisoblanadi2. Kapital qo’yilmalar investiitsilarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida kapital qo’yilmialardan tashqari aylanma mablag’ (vosita)lar ham mavjud. Demak, ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi.3 Umumlashtiradigan bo’lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital qo’yilmalar bo’libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo’yilmalarni ham o’z ichiga oladi. Demak, investitsiyalar - mulkchilikning barcha ko’rinishlaridagi moddiy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir. “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko’ra “chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari”4, deb e’tirof etiladi. Sug’urta kompaniyalari asosiy faoliyati Bilan bir qatorda investtsiya faoliyatini xam amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug’urta kompaniyalarining sug’urtaviy xizmat ko’rsatish o’ziga xos xususiyatga ega ya’ni, mijoz dastlab sug’urtalovchiga sug’urta badalini shartnoma tuzilishi Bilan to’laydi. Sug’urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to’liq ko’rsatilganligini bildiradi. Demak, sug’urta kompaniyalarida moliya resurslarining xarakati xususiyatlari shunga olib boradiki, sug’urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish mobaynida qo’shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo’lgan vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo’lgan katta miqdorda vaqtincha bo’sh mablag’lar to’planadi. Sug’urtalovchilar bu mablag’larni qo’shimcha daromad olish maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin. Sug’urta tashkilotlari tasarrufida kata miqdordagi moliyaviy resurslarni to’planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muxim rol o’ynashini ko’rsatadi. Sug’urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to’planishi sug’urtani faol investitsion siyosat yo’li Bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi. Boshqacha so’z Bilan aytganda, sug’urtalovchilar turli polis egalaridan olingan passiv pul mablag’larni moliya bozorida xarakat qiluvchi aktiv kapitaliga aylantirishadi. Sug’urta ompaniyasi investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi: yig’iladigan sug’urta mukofotlari xajmi; sug’urta portfeli xajmi; amalga oshirilayotgan sug’urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi; sug’urta rezervlarini shakllantirishga davlat tomonidan qo’yiladigan talablar; tuzilgan sug’urta shartnomalari muddati; o’zlik mablag’lari xajmi. Cug’urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlari taxminan shunday deyarli shakllanib boradi. Investitsion imkoniyat asosiy qismi «O’zlik mablag’lar”ga to’g’ri keladi. Sug’urta rezervi esa domiy ravishda sug’urta qoplamalari to’lanishiga qarab o’zgarib turadi. Sug’urta kompaniyasining investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda sug’urta nazorati me’yorlari bilan belgilanadi. Unda sug’urta zaxiralarining vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larini joylashtirish tartibi belgilanadi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, sug’urta kompaniyalari bo’sh mablag’larini turli ob’ektlarga investitsiya qilish imkoniyati tug’ildi. 1993 yilning 6 mayida qabul qilingan “Sug’urta to’g’risda”gi Qonunning 25-moddasida “Sug’urta tashilotlari o’z moliyaiy manbalarini boshqa yo’l bilan foydalanishga xaqlidir”, deb ko’rsatilgan edi. Ammo 2002 yilning 5 aprelidagi ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining VIII-sessiyasida qabul qilingan «Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq “sug’urtalovchilar sug’urtani amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas” deb belgilangan. Demak, sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyati qat’iy cheklangan. Shuningdek, Ushbu qonunning yuqorida ko’rsatib o’tilgan moddasida sug’urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati bilan shug’ullanishlariga ruxsat berilgan. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006 yil 6 mayda tasdiqlangan, №1571 raqam Bilan davlat ro’yxatidan va 2006 yil 22 aprelda tasdiqlangan, №1565 raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tgan buyruqlariga asosan, sug’urta kompaniyalari tomonidan sug’urta rezervlarini tashkil qilish va investitsiyalashning tartiblari belgilangandir. Jumladan, unda respublika sug’urta kompaniyalarining sug’urta aktivlarini joylashtirish tartiblari, investitsiyalashning qonunchilikda belgilangan quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: Diversifikatsiya; Qaytishliligi; Likvidliligi; Foydaliligi.5 Investitsion faoliyatning diversifikatsiyasi birinchi navbatda sug’urta kompaniyasi investitsion portfelining barqarorligini ko’zda tutadi. Ma’lumki, sug’urta kompaniyalari ularga o’z mablag’larini qo’yishi mumin bo’lgan investitsion loyixalar tshplami sarmoya bozorining rivojlanish darajasiga bog’liq. Xozirgi paytda sug’urtalovchilarning vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’lari tijorat banklari depozitlariga, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilishi, korxona va ko’chmas mulklarga investitsiya qilinishi mumkin. Investitsiya portfel tarkibi va tizimini tartibga solish odatda kiritilgan mablag’larning turlari bo’yicha minimum va maksimumni belgilash yo’llari orqali amalga oshiriladi. Shu Bilan birga, dunyoning etakchi kompaniyalarining tajribasiga ko’ra, kompaniya investitsion portfelining korxonap va ko’chmas mulklar ustav fondiga investitsiyalari 15%, qimmatli qog’ozlarga investitsiyalari 25-60%, tijorat banklari depozitlariga mablag’lari 15-30%, investitsiyaning boshqa tutsrlariga 1-12% dan oshmaydigan miqdorlarda joylashtiradilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mablag’lar yalanishini to’g’ri tashil etish muxim axamiyatga ega. Chunki, mablag’lar aylanishi eng ma’qul variantini topish pirovard natijada korxona faoliyatini foyda bilan yakunlashiga olib keladi. Sug’urta faoliyatida joriy natijalar sug’urta badallari ko’rinishida sug’urta kompaniyalari xisob – raqamiga kelib tushgan pul mablag’lari aylanishi xisobidan daromad kelish imkoniyati yuzaga keladi. Ushbu daromadlar sug’urta kompaniyalarini sug’urta zaxiralarini shakllantirish orqali xarajatlar qismini qoplash va foyda olish manbai bo’lib xizmat qiladi. Sug’urta faoliyatining joriy taxlil pul mablag’lari tushumi orqali o’ziga olyotgan majburiyatlar adektivliligini belgilaydi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling