Sug’urta tashkiloti moliyasi
Sug’urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkib
Download 179 Kb.
|
sug\'urta
2.2. Sug’urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi
Sug’urtachining jami mablag’lar sarfi sug’urta «mahsulot»i tannarxini tashkil etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda sug’urtachi xarajatlarning tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasini aniqlashda sug’urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini aniqlashtirish ham talab etiladi. Sug’urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (2-chizma). Sug’urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo’lib, har bir tur o’z navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug’urta tashkiloti xarajatlarining turlariga to’xtaladigan bo’lsak, ular o’z ahamiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) sug’urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug’urtachi faoliyatini moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug’urta tashkiloti faoliyatini tahlil etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma’lum belgilariga ko’ra guruhlash maqsadga muvofiqdir. Sug’urtachining faoliyati jarayonida mablag’lar sarf etilishi yuzasidan belgilangan vazifalarga ko’ra, sug’urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi hisobotiga mos ravishda sug’urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin: - shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari; - investitsiya faoliyati bo’yicha xarajatlar; - boshqaruv xarajatlari. B) sug’urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko’ra quyidagicha bo’lish mumkin: - ish haqi to’lovlari; - davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama hamda marketing xarajatlari, xo’jalik xarajatlari va boshqalar; Sug’urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko’ra, ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: chizma Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling