Sug’urtalashning iqtisodiy va ijtimoiy holatlarga ta’siri


Download 249.27 Kb.
bet5/20
Sana14.12.2022
Hajmi249.27 Kb.
#1004535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG’URTA QILISH MEXANIZMINI

sug’urtalash tartibi


2.1 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi va uni tuzish


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi ommaviy xarakterga ega. U ish beruvchi hamda sug’urta qiluvchi o’rtasida bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchi o’z faoliyatini bir yildan kam muddatda amalga oshirgan hollarda, sug’urta shartnomasining muddati ish beruvchi faoliyatni amalga oshirish muddatiga mos holda tuziladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasini O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52 moddasi, 2009 yil 17 aprelida qabu qilingan, O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchilarning fuqorolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish qoidalari to’g’risida”gi 177-son qarori 1-ilovasiga asosida tuziladi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi yozma shaklda bitiladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasida sug’urtachi va sug’urta qildiruvchi o’rtasidagi huquq va majburiyatlar kelishuviga erishiladi. Sug’urta shartnomasining asosini sug’urtalash tartibi tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 914 – moddasiga asosan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchi bilan sug’urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart4. Sug’urta shartnomalarini tuzishda ish beruvchiga majburiy sug’urta qilishni amalga oshiradigan sug’urtalovchini va annuitet shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchini
tanlash huquqi beriladi. O’z navbatida sug’urtalovchi o’ziga yozma ariza bilan murojaat qilgan va tegishli hujjatlarni taqdim etgan ish beruvchiga majburiy sug’urta qilish shartnomasini tuzish haqidagi taklifini qabul qiladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda Majburiy sug’urta qilish shartnomasini tuzish uchun ish beruvchi sug’urtalovchiga majburiy sug’urta qilish shartnomasini tuzish to’g’risidagi ariza, ish beruvchi - jismoniy shaxs pasportining yoki uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatining nusxasi, ish beruvchining (yuridik shaxslar uchun) davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalarini taqdim qiladi.

Download 249.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling