Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari
Download 23.39 Kb.
|
sugurta
sug’urtasida - ob`ekt bo’lib sug’urtalanuvchilarning turli javobgarliklari,
ma`suliyatlari xisoblanadi. Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasida esa, ob`ekt vazifasini tadbirkorlik ishlari bo’yicha turli tavakkalchiliklar bajaradi. Sug’urtalanuvchilarni sug’urtalovchilar bilan sug’urta munosabatlariga kirishi va sug’urtalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sug’urta tarmoqlarini konkret sug’urta turlariga bo’lish zarurati paydo bo’ladi. SHaxsiy sug’urta bo’yicha sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: xayotni aralash sug’urtasi, o’lim xolati va mexnatga layoqatsizlikni sug’urtalash, bolalar sug’urtasi, qo’shimcha pensiya sug’urtasi, baxtsiz xodisalar sug’urtalash va boshqalar. Javobgarlik sug’urtasi bo’yicha kreditni yoki boshqa qarzlarni qaytara olmaslikdan sug’urtalash, yuqori xavf-xatar manbalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug’urtasi va boshqalar. Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi dastgoxlarni to’xtab qolishi, savdodagi to’xtalishlar natijasida zarar ko’rish yoki foyda olmaslik sug’urtasi, ya`ni texnika texnalogiyalarni qo’llash tavakkalchiliklari sug’urtasi kabi turlarga bo’linadi. Majburiy sug’urta turlari, shartlari va uni amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. Tomonlarning xoxish-irodasiga muvofiq amalga oshiriladigan sug’urta ixtiyoriy sug’urta xisoblanadi. Ixtiyoriy sug’urtaning shartlari tomonlarning kelushiviga asosan belgilanadi. Sug’urtalanuvchi va sug’urtalovchining xuquqlari xamda burchlari, shuningdek xar bir sug’urta turlarining shartlari tegishli sug’urta shartnomalari bilan belgilab ko’yiladi. 3. Sug’urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi Sug’urta bozori - bu sug’urta xolatlari ro’y berganda jismoniy va xuquqiy shaxslarni mulkiy manfaatlarini sug’urtalanuvchilarning pul mablag’lari xisobidanximoya qilishda aks etuvchi sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha iqtisodiy munosabatlar yig’indisi. Sug’urta bozorini amal qilishining asosiy shartli sug’urta xizmatlariga extiyoj (talab) va bu extiyojlarni qondirishga layoqatli sug’urtalovchilarning mavjudligidir. Sug’urta bozori tarkibiy jixatdan tashqiliy- xuquqiy va xududiy jixatlari bo’yicha bo’linishi mumkin. Tashqiliy-xuquqiy jixatdan aktsioner, birgalikdagi, xususiy va davlat sug’urta tashkilotlaridan iborat bo’ladi. Xududiy jixatdan esa milliy, mintaqaviy va xalqaro sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori birdan-bir mamlakat xududidagi sug’urta kompaniyalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Bunga O’zbekiston sug’urta bozorini misol qilib olishimiz mumkin. Xozirgi kunda milliy sug’urta bozorimizda ko’plab sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari davlat mulki davlat mulki ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari bo’lib, ular "O’zagrosug’urta" DASK, "Kafolat" DASK, "O’zbekinvest" eISMK, va "Madad" sug’urta agentliklaridir. Jaxondagi rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining qariyb qirq foizidan AKSH xissasiga tug’ri keladi. Mintaqaviy sug’urta bozori deganda, savdo-iqtisodiy va boshqa jixatlardan o’zaro yong’in munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlar xududlarini qamrab oluvchi bozor tushiniladi. Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug’urta bozori tushiniladi. Sug’urta bozori bozor munosabatlari sub`ektlarining mustaqilligini, ularning sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha teng xuquqli xam-korligini ko’zda tutadi. Download 23.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling