Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va uning bozor munosabatlarida tutgan o‘rni quyidagi atamalarga izoh bering
Download 82.6 Kb.
|
Ravshan Tursunqulov
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi
- SUG‘URTANING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING BOZOR MUNOSABATLARIDA TUTGAN O‘RNI Quyidagi atamalarga izoh bering
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Mustaqil ish Fan: Sugurta ishi Mavzu: Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va uning bozor munosabatlarida tutgan o‘rni. AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi
Toshkent 2022 SUG‘URTANING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING BOZOR MUNOSABATLARIDA TUTGAN O‘RNI Quyidagi atamalarga izoh bering: Sug‘urta, sug‘urta munosabatlari, sug‘urta to‘lovi, sug‘urtalanuvchi, sug‘urta fondlari, markazlashgan davlat fondlari, sug‘urta fondlaridan foydalanish, sug‘urtaning funksiyalari, sug‘urtaning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, fanining predmeti, moliyaviy munosabatlar, bozor iqtisodiyoti, umumiy va alohida usullar, dialektik usul, induksiya, deduksiya, tahlil va sintez usuli, ilmiy abstraksiya usuli, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil, statistik usul, taqqoslash usuli, interfaol usul. Sug‘urta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq yoki qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug‘urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar dyemakdir. Sug‘urta munosabatlari – sug’urtaga oid munosabatlar tushuniladi. Sug‘urta munosabatlarining rivojlanishi bilan ular nafaqat mulkning zararlanishi yoki nobud bo‘lishi holatlarini, balki uchinchi shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazish yoki nobud qilish holatlarini ham qamrab ola boshladi. Demak, mulkiy sug‘urta bilan birga uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash turi ham vujudga keldi. Sug‘urta munosabatlarining yana bir yo‘nalishi bu inson hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlarni sug‘urtalash hisoblanadi. Hozirda inson sog‘lig‘ining buzilishi kabi holatlar tibbiy sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urtalanadi. Sug‘urta to‘lovi - Mol-mulkka daxldor sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovi sug‘urta tovoni sifatida, sug‘urtalanuvchining yoki uchinchi shaxsning shaxsiga daxldor sug‘urta hodisasi yuz berganida esa – sug‘urta ta’minoti sifatida amalga oshiriladi. Sug‘urtalanuvchi - qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida. Sugְֲ‘urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug‘urta fondlari - Tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar sodir bo‘lishi natijasida keltirilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urta fondlari tashkil etiladi. Sug‘urta fondlari tashkil etish manbasiga va foydalanish yo‘nalishiga qarab, uch ko‘rinishda bo‘ladi: -o‘z-o‘zini sug‘urtalash fondlari. Bu fond har bir xo‘jalik sub’ektida tashkil etiladi va ishlab chiqarishda vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi; -davlatning markazlashgan sug‘urta fondlari. Markazlashgan sug‘urta fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan favqulodda hodisalar ro‘y berganda paydo bo‘lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi; -sug‘urta yo‘li bilan tashkil etiladigan sug‘urta fondlari. Bu fond sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi. Sug‘urta fondi faqat pulli shaklda va u qat’iy maqsadli yo‘nalishda foydalaniladi, ya’ni sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lashga ishlatiladi. Markazlashgan davlat fondlari - Markazlashtirilgan fondlar bu: xо‘jalik sub’yektlari darajasida tuzilgan pul fondlari davlat va maxalliy о‘z о‘zini boshqarish darajasida tuzilgan pul fondlari barcha byudjetdan tashqari fondler davlat maqsadli pul fondlari. Sug‘urta fondlaridan foydalanish - Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi deganda sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari tushuniladi. Chunki, sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari sug‘urta fondini taqsimlash jarayonida shakllanadi. Xarajatlar tarkibi va strukturasini ikki o‘zaro bog‘liq iqtisodiy jarayonlar: sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni qoplash va sug‘urta tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish aniqlab beradi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta ishida xarajatlarni quyidagicha turkumlash qabul qilingan: sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari; zahira va rezerv fondlariga ajratmalar; oldini olish tadbirlariga ajratmalar; ish yuritish xarajatlari. Sug‘urtaning funksiyalari Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya. Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya. Nazorat funksiyasi. Download 82.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling