Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va uning bozor munosabatlarida tutgan o‘rni quyidagi atamalarga izoh bering


Sug‘urtaning iqtisodiyotda tutgan o‘rni


Download 82.6 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2023
Hajmi82.6 Kb.
#1278952
1   2   3
Bog'liq
Ravshan Tursunqulov

Sug‘urtaning iqtisodiyotda tutgan o‘rni - Sug‘urtaga bo‘lgan obyektiv talabni vujudga keltiruvchi asosiy omil bu, tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zararni biror bir javobgarning zimmasiga yuklashning imkoniyati yo‘q. Ikkinchi omil esa sug‘urta shartnomasida nazarda tutilayotgan risklar yuz berganda biror korxona yoki tashkilot yetgan zararni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplay olmasligi mumkin. Mazkur muammoni hal etishda korxonaga sug‘urta kompaniyasi yordam beradi.

  • Fanining predmeti - Mulk sug‘urtasida obyekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk ko‘zda tutilsa, shaxsiy sug‘urtada fuqarolarni hayoti sog‘ligi va mehnat qobiliyati ko‘zda tutiladi. Sug‘urta predmeti - ana shu obyektlarni tarkibiy qismlaridir, masalan, qishloq xo‘jaligi sug‘urta obyekti bo‘lsa, ekinlar hosili, chorva mollarining soni, mol-mulk xillari, binolar, inshootlar, transport vositalari sug‘urta predmeti hisoblanadi. Uy-joyda saqlanuvchi mol-mulklar obyekt bo‘lsa, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebellar, gilamlar, televizorlar bu sug‘urtaning predmeti hisoblanadi. Shaxsiy sug‘urta predmetiga ma’lum yoshga yetish, mehnat qobiliyatini yo‘qotish va vafot etish hodisalari misol bo‘la oladi.

  • Moliyaviy munosabatlar – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
    Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
    Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.

  • Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot.

  • Dialektik usul - printsiplari ilmiy bilishning umumusuli bo`lib xizmat qiladi. Bu printsiplar quyidagilardan iborat, iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog`liqlikda, ziddiyatda, o`zaro ta'sir qilib turadigan turli bo`g`inlardan, bo`laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda bo`ladi.

  • Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.

  • Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi.

  • Tahlil va sintez usuli - tahlil — bu o'rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez — bu o'rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo'l bilan o'rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.

  • Ilmiy abstraksiya usuli - taxlil paytida xalal berishi chumkin bo'lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o'rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o'rganilayotgan voqyea va hodisaning ichki, ko'zga ko'rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.


  • Download 82.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling