Sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari


Download 39.86 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi39.86 Kb.
#1550664
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Majburiy sug\'urta


.Sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari

Majburiy sug`urta


Ixtiyoriy sug`urta


Majburiy sug`urtalashda barcha majburiy tartibda sug`urtalanadi, yoppasiga amalga oshiriladigan sug`urta


Ixtiyoriy sug`urta tanlab olish yo’li bilan sug`urtalanuvchining xoxishi bilan amalga oshiriladigan sug`urta, bu sug`urtadan utish majburiy emas


(Sug`urta badallari, mukofotlari) to’lanmaganiga qaramasdan sug`urta davom etadi. Sug`urta badal to’lash bilan bog`liq emas


Sug`urta badal to’lash bilan uzviy bog`langan. Shartnoma tuzib badal to’lanmasa sug`urta kuchga kirmaydi


Sug`urtaning muddatsizligi va o’z o’zidan sug`urtalanish, muddatsizlik transport va qishloq xo’jalik ekinlari uchun nisbiy bo’lib, yo’lovchi etib kelgandan keyin yoki xosil yigishtirib olingandan keyin sug`urta o’z kuchini yo’qotadi


Shartnomada ko’rsatilgan muddat bilan sug`urta davri chegaralanadi. Agar sug`urta badali to’lanmasa, sug`urta muddati to’xtab qoladi


Sug`urta ta’minotining normallashtirishi


Sug`urta ta’minoti mulk baxosi va sug`urtalanuvchining xoxishiga qarab oldindan belgilanadi.


qonun asosida tartibga solinadi


Sug`urta dasturlari asosida tartibga olinadi. Ixtiyoriy sug`urta xaqidagi qonun sharxlanmaydi.


Manba:16


Majburiy sug`urta turlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Sug`urta tashkiloti faoliyatining maqsadi boshqa shaxsning manfaatlari bilan bog`liq xavf-xatarni sug`urtaga qabul qilishdir. Sug`urta bo’yicha xizmatlar pullidir, sug`urta qildiruvchi sug`urtachiga sug`urta mukofotini to’laydi. Shuning uchun sug`urtachi sug`urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyatidaligidan dalolat beruvchi kafolat mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli O’zbekiston Respublikasida sug`urta ishini tashkil etishning ma’lum prinstiplari mavjuddir:
1. Barcha sug`urta tashkilotlari sug`urta to’g`risidagi qonunga bo’ysunishi kerak;
2.Sug`urtachi yuridik shaxs bo’lishi kerak;
3.Sug`urta tashkilotlari to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi va barqaror moliyaviy ahvolga ega bo’lishi kerak;
4.Sug`urta tashkilotlari o’z ishini maxsus davlat sug`urta tashkilotlaridan listenziya olgandan keyin olib borishi mumkin.
5.Respublikada mulkchilikning turli shakllarida sug`urta tashkilotlari ishlashi kerak. Sug`urta monopoliyasi man qilinadi.
6.Barcha sug`urta tashkilotlari sug`urtaning yangi turlarini topishi kerak.
7.Barcha sug`urta tashkilotlari kredit tashkilotlari bilan aloqasi mustahkamlanishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida sug`urta qoidasi va shartnomalarida sug`urta to’lovlarini to’lash tartibi va shartlari bo’yicha quyidagi amallar ko’rib chiqiladi:
-sug`urta to’lovlari uchun asoslarni aniqlash;
-sug`urta to’lovlarining asoslari va usullarini aniqlash.
Sug`urta to’lovlarini to’lash to’g`risida qaror uchun asos bo’lib sug`urta shartnomasiga to’g`ri keladigan sug`urta holatining kelishi xisoblanadi. Uning kelishi va sug`urta shartlariga to’g`ri kelishi quyidaga xujjatlar bilan tasdiqlanadi:
-sug`urta qildiruvchining sug`urta xolatining sodir bo’lganligi to’g`risidagi arizasi bilan;
-yo’qotilgan mulk ro’yxati bilan;
-mulkning shikastlanganligi yoki to’laligi to’g`risida sug`urta akti bilan.
Sug`urta akti sug`urtachi yoki unga tegishli bo’lgan shaxs tomonidan 3 kun muddatda tuziladi. Zarurat tug`ilganda sug`urtachi sug`urta voqealari bilan bog`liq ma’lumotlarni xuquq tartib organlaridan, DAN, yong`in xavfsizligi organlaridan olishi mumkin. Sug`urtachi sug`urta voqeasining holat va sabablarini o’zi aniqlash huquqiga egadir.
Sug`urta to’lovlari kattaligini hisoblash bir necha usullarda bajariladi. Sug`urta to’lovlarining kattaligini hisoblash uchun asos bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-sug`urta qildiruvchi tomonidan ko’rsatilgan;
-sug`urtachi tomonidano’rnatilgan.
Bunda tomonlar mulkining sug`urta qiymatinirad eta olmaydilar. Sug`urta to’lovlarini hisoblash quyidagi prinstiplarga asoslanadi:
Birinchi usul. Zararni sug`urta to’lovidan farqlash zarurdir.
Zarar – yo’qotilgan mulkning qiymati yoki zararlangan mulkning ta’mirlangan qismidir. Asosiy ishlab chiqarish fondi bo’yicha zararlarga umumiy hajmni aniq belgilash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

U=D-I+S-O Bunda: U-asosiy ishlab chiqarish fondlarining buzilishi yoki to’la yo’qotilishida zararining umumiy summasi;
D-sug`urta bahosi bo’yicha mulkning haqiqiy qiymati;
I-mulkning jismoniy eskirish summasi;
S-mulkni qutqarish va uni tartibga keltirish bo’yicha xarajatlar;
O-keyinchalik foydalanish uchun yaroqli bo’lgan mulk qiymati.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari bo’yicha zararni aniqlash uchun quyidagi formula qo’llaniladi:


U=D-O+S Bunda: U-zararning umumiy summasi;
D-sug`urta holati davrida mulkning haqiqiy qiymati;
O-mulkdan foydalanish uchun yaroqli va qolgan qimat;
S-mulkni qutqarish bo’yicha va uni tartibga keltirish bo’yicha xarajatlar.
Tabiiyki sug`urtalashdan maqsad ko’rilgan zararni qoplash hisoblanadi. Buning uchun eng avvalo tarif stavkalarini bilish kerak.
Tarif stavkalari sug`urta puliga nisbatan belgilanadi.
Tarif stavkalari juda ko’p va xilma xil. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratish , tarmoqlashtirish mumkin:
1.Sanoat va boshqa xo’jalik tarmoqlari bo’yicha. Bu tarmoqlar tarif jihatdan 3 guruhga bo’linadi:
1)neft va kimyo, metallurgiya sanoati;
2)tog` sanoati, atom energiyasi;
3)mashinasozlik, qurilish, oziq-ovqat sanoati.
Stavkalar tarmoqlar xillari bo’yicha 0,2 dan 0,15% ga tarmoqlanadi.
Yong`inga qarshi sug`urtalanganda yana bir foiz qo’shiladi.


Download 39.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling