Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari


Sug'urta risklar transferining rivojlanish bosqichlari


Download 75.66 Kb.
bet7/9
Sana06.10.2023
Hajmi75.66 Kb.
#1694182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank ishiu0000000

2.2. Sug'urta risklar transferining rivojlanish bosqichlari
Risklar transferi va transformatsiyasining tadrijiy rivojlanish bosqichlari tadqiqi shuni ko’rsatmoqdaki, tabiiy va texnogen risklardan ko'rilishi ehtimol bo'lgan zarar(lar)dan ommaviy tarzda himoyalanish birmuncha samarali bo'lganligi bois. insoniyat tomonidan an’anaviy tarzda keng foydalanilib kelingan. Risklar transferi rivojlanishning ilk bosqichi antik davrdan o'rta asrlarga qadar bo'lgan davmi qamrab oldi. Risklar transferi muammosini hal etishning dastlabki usullaridan biri bu o'z-o'zini sug'urtalash hisoblangan. Bu jarayonda sug'urta hodisasi yuz berishi oqibatida ko'rilishi ehtimol bo'lgan zarami bartaraf etish xarajatlarini oldindan moliyalashtirish. har bir ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi, ish bajaruvchi) subyektining o"z zaxirasi evaziga amalga oshirilgan. Xususan. eramizdan avvalgi 1792-1750 yillarda qadimgi Bobil davlatini boshqargan shoh Xamurappi davrida savdo karvoni a'zolari yo'lga chiqishdan avval ko'rilishi ehtimol bo'lgan zarami qoplash yuzasidan o'zaro kelishuvga ega bo'lishgan. Ushbu kelishuvga asosan savdo karvonidagi sheriklardan birining mol-ntulki yo'qolgan, o'g'irlangan yoki qaroqchilar tomonidan talangan bo'lsa, bu ko'rilgan zarar karvon a’zolari tomonidan yopiq taqsimotga ko'ra. o'zaro qoplab berilgan. Remaning halokatga uchrashi va dengizda yuz berishi ehtimol bo'lgan boshqa risklar oqibatida yetkazilgan zararlar savdogarlar o'rtasida o'zaro taqsimlash orqali qoplash yuzasidan kelishuv shartnomasi ilk bor qadimgi Yaqin Sharq davlati, hozirgi Suriya va Li van hududlarida joylashgan - Finikivada amalga oshirilgan. Insoniyat tomonidan yaratilgan vositalar vordamida tabiiy ofatlar yuz berishi oqibatida ko'rilishi mumkin bo'lgan zarardan himovalanishning vagona usuli, ulaming oqibatlarini engillashtirish hisoblangan. O'sha davming asosiy faoliyat jabhalari savdo va agrar soha hisoblanganligi bois. ulaming subyektlari o'z (xususiy) .O 'zaro sug'urtalash munosabatlarida faoliyat foyda olishga yo'naltirilmagan bo'lib, asosiy maqsad iamiyat a ’zolarining zararlarini kamaytinsh hisoblanadi. Bu jarayonda ulaming faoliyatlari asosan tabiiv risklar ta’sirida kechgan. Shu bois. tabiiy ofatlar yuz berishi natijasida mol-mulkka vetkazilgan zararlami qoplash mexanizmi - risklar transfcri yuzaga kelgan.
Sug‘urta sohasida tadqiqotlami olib boruvchi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlanmalarda ikki xil talqin ko'zga tashlanadi: ularning ayrimlarida jamoaviy tarzda o'zaro vordam shakllari sug'urtalashning ma'lum shakli deb qayd ctilgan boisa, boshqalarida esa. sug'urta fondi tashkil etilmaganligi sababli bu munosabatlar sug‘urtalashning ilk shakli sifatida qaraladi. Keyinchalik pulli munosabatlaming rivojlanishi bilan sug'urta fondi asosan sug'urta mukofotlaridan shakllantirildi. Sug'urta fondini shakllantirish sug'urta munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Mazkur fond shakllantirilishi manfaatdorlaming oldindan toiangan mukofotlari hisobidan emas, balki kelgusida yuz berishi ehtimol bo'lgan zararlami o'zaro taqsimlash orqali ulaming zimmasiga yuklatilgan majburiyat(lar) yuzasidan to'lov shaklida amalga oshirilgan. Subyektlaming faoliyatlari davomida ko'rishlari ehtimol bo'lgan zararlarini taqsimotga ko'ra qoplash yoki bartaraf etish tartibi sug'urtaning azaliy shakllaridan biri hisoblanadi
X-XII asrlarga kelib, Yevropada savdoning jadal rivojlanishi savdogarlaming raqobat muhitida faoliyat olib borishlari va bu jarayonda o'zaro vordam ko'rsatish uchun gildiyalarga birlashishiga sabab bo'ldi. Shu o'rinda keltirib o'tish lozimki, gildiyalar va sug'urta funksiyalari o'zaro yaqin bo'lib, ularda tasodifiv hodisalar oqibatida ko'rilgan zararlami bartaraf etishda o'zaro yordam ko'rsatish nazarda tutilgan. 1310 yilga kelib Bryuggeda (Germaniya) turli savdo va hunamiandchilik gildiyalarining manfaatlarini himoya qiluvchi hamda sug'urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi “Sug'urta palatasi” tashkil etildi.9 Birinchi sug'urta shartnomasi 1347 yilda Genuyada tuzilganligi qayd etilgan.10 Shunday qilib o'rta asrlarda G'arbiv Yevropada sug'urta tasodifiv hodisalar yuz berganda o'zaro yordam berish to'g'risidagi oddiy shartnomalardan to mol-mulk va shaxsiy sug'urta tarmoqlari qaror topguniga qadar rivojlandi. Buyuk geografik kashfivotlar davrida kemasozlikning jadal rivojlanishi va xalqaro savdo bozorlarining vujudga kelishi mulkiy manfaatlami himoyalashga bo'lgan talabni oshirdi. Risklar transferi va transformatsiyasi jarayonida sug'urta munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlari tadqiqi shuni ko'rsatmoqdak, qadimda dastlab sug'urtaning fondsiz shakli vujudga kelgan va rivojlangan.


Download 75.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling