#1473. Sistola vaqtida to’sh suyagidan o’ngda II qovurg’a oralig’ida aniqlanadigan "mushuk xirillashi" simptomi qaysi kasallikka xos?
+aorta og’zi stenozi
-mitral stenoz
-aortal klapan yetishmovchiligi;
-mitral klapan yetishmovchiligi;
-o’ng atrio ventrikulyar teshik stenozi.
#1474. O’pka to’qimasi bilan qoplanmagan yurakning oldi devori nimani ko’rsatadi?
-yurak belini
-yurak cho’qqisi turtkisi kengligini;
-nisbiy bo’g’iqlik maydonini;
-yurak qonfiguratsiyasini;
+mutloq bo’g’iqlik maydonini
#1475. Qon tomir tutami kengligi qayerda joylashgan?
+II Qovurg’a oraligida, chap va o’ng tomondan
-III Qovurg’a oraligida, chap va o’ng tomondan;
-III Qovurg’a oraligida, chap tomondan;
-II Qovurg’a oraligida, o’ng tomondan;
-III Qovurg’a oraligida, o’ng tomondan.
#1476. Yurak auskultatsiyasini qaysi eshitish joyida yakunlaymiz?
-Yurak asosida;
-Yurak cho’qqisida;
+Botkin Erba nuqtasida
-Xanjarsimon o’simta asosida;
-farqi yo’q.
#1477. Yurak auskultatsiyasini qaysi klapandan boshlaymiz?
+mitral klapan
-uch tavaqali klapan;
-aortal klapan;
-o’pka arteriyasi klapani;
-farqi yo’q.
#1478. O’t tosh kasalligining eng aniq diagnostik usuli:
+Xolesistografiya
-Duodenal zondlash;
-Punktsion biopsiya;
-perkussiya.
-hammasi
#1479. Quyidagilarning qaysi biri gemolitik sariqlik uchun hos emas?
+najasning rangsizlanishi
-siydikning qorayishi;
- qichishmasligi;
-qonda erkin bilirubin miqdorining oshishi;
-eritrotsitlarning juda ko’p parchalanishi.
#1480. Quyidagilarning qaysi biri mexanik sariklikda kuzatiladi?
+qonda o’t kislotasining ko’payishi
-qonda bog’langan bilirubin miqdorining kamayishi;
-qonda o’t kislotasining kamayishi.
-siydik rangining rangsizlanishi;
-najasning qora rangda bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |